https://oz.sputniknews.uz/20240826/uzbekistan-maymunchechak-rossiya-test-45385076.html
O‘zbekistonga maymunchechakni aniqlovchi Rossiya testlari yetkazib beriladi — Rospotrebnadzor
O‘zbekistonga maymunchechakni aniqlovchi Rossiya testlari yetkazib beriladi — Rospotrebnadzor
Sputnik O‘zbekiston
Ayrim davlatlar Rossiyada ishlab chiqarilgan maymunchechakni aniqlash uchun test tizimlarini taqdim etish iltimosi bilan murojaat qildi.
2024-08-26T18:00+0500
2024-08-26T18:00+0500
2024-08-26T18:16+0500
jamiyat
o‘zbekiston
rossiya
virus
maymun chechagi
o‘zbekiston va yeoii
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/08/25142595_0:257:2731:1793_1920x0_80_0_0_70d5d8c71063d18d161b1bc0dccc164b.jpg
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Rossiyaning “Vektor” davlat ilmiy-tadqiqot markazida ishlab chiqilgan maymunchechakni aniqlash uchun test tizimlarining birinchi to‘plamlari shu hafta O‘zbekistonga yetkaziladi. Bu haqda RIA Novosti Rospotrebnadzor matbuot xizmatiga tayangan holda xabar berdi.Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar aholisining sanitariya-epidemiologiya farovonligini ta’minlash bo‘yicha vakolatli organlar rahbarlari kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilishda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston bosh davlat sanitariya shifokorlari, Tojikiston va O‘zbekistonning sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi sohasidagi vakolatli organlari rahbarlari ham taklif etildi.Aholining aksariyat qismida maymun chechagiga qarshi immunitet bor — Sanepidqo‘mitaYevroosiyo mintaqasida maymunchechakning tarqalish xavfi past deb baholanmoqda.Yig‘ilishda Yevroosiyo mintaqasining barcha davlatlari chegarada sanitariya-karantin nazorati choralarini kuchaytirgani ta’kidlandi.O‘zbekistonda maymun chechagiga qarshi dori vositalari zaxirasi tashkil etildi
https://oz.sputniknews.uz/20240821/maymunchechak-himoya-45309547.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/08/25142595_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_93262b6d9378e7e1efede3e7295dfdf2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya maymunchechak aniqlash test tizimlari
rossiya maymunchechak aniqlash test tizimlari
O‘zbekistonga maymunchechakni aniqlovchi Rossiya testlari yetkazib beriladi — Rospotrebnadzor
18:00 26.08.2024 (yangilandi: 18:16 26.08.2024) Ayrim davlatlar Rossiyada ishlab chiqarilgan maymunchechakni aniqlash uchun test tizimlarini taqdim etish iltimosi bilan murojaat qildi.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Rossiyaning “Vektor” davlat ilmiy-tadqiqot markazida ishlab chiqilgan maymunchechakni aniqlash uchun test tizimlarining birinchi to‘plamlari shu hafta O‘zbekistonga yetkaziladi. Bu haqda RIA Novosti Rospotrebnadzor matbuot xizmatiga tayangan holda xabar berdi.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar aholisining sanitariya-epidemiologiya farovonligini ta’minlash bo‘yicha vakolatli organlar rahbarlari kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston bosh davlat sanitariya shifokorlari, Tojikiston va O‘zbekistonning sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi sohasidagi vakolatli organlari rahbarlari ham taklif etildi.
“Hamkorlar Rossiya tomoniga Rospotrebnadzorning “Vektor” Virusologiya va biokimyo ilmiy-tadqiqot markazi Federal budjet muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan maymunchechakni aniqlash uchun test tizimlarini taqdim etish iltimosi bilan murojaat qilishdi. Test tizimlarining birinchi to‘plamlari shu haftada O‘zbekistonga yetkaziladi”, — deyiladi xabarda.
Yevroosiyo mintaqasida maymunchechakning tarqalish xavfi past deb baholanmoqda.
“Uchrashuvda JSSTning maymunchechak kasalligi bo‘yicha xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat e’lon qilishi bilan bog‘liq vaziyat masalasi muhokama qilindi. Kengash a’zolarining fikricha, YeOIIga a’zo davlatlar, Tojikiston va O‘zbekistonda maymunchechak kasalligining tarqalish xavfi past deb baholanmoqda”, — deyiladi xabarda.
Yig‘ilishda Yevroosiyo mintaqasining barcha davlatlari chegarada sanitariya-karantin nazorati choralarini kuchaytirgani ta’kidlandi.