Telegram jamoasi Durov hibsga olinganidan keyin bayonot berdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishMessendjer Telegram mojet bit zablokirovan Roskomnadzorom
Messendjer Telegram mojet bit zablokirovan Roskomnadzorom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2024
Obuna bo‘lish
Durov hibsga olinganidan so‘ng Telegram jamoasi uning "yashiradigan hech narsasi yo‘qligini" aytdi.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Telegram messenjeri Yevropa Ittifoqi qonunlariga, jumladan, Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonunga (Digital Services Act, DSA) rioya qiladi, bosh direktor Pavel Durovning “yashiradigan hech narsasi yo‘q”, deyiladi messenjer jamoasi bayonotida.

“Telegram bosh direktori Pavel Durov yashiradigan hech narsasi yo‘q va u tez-tez Yevropa bo‘ylab sayohat qiladi. Platforma yoki uning egasi uni suiiste’mol qilish uchun javobgar deb da’vo qilish bema’nilikdir", — deya ta’kidlanadi bayonotda.

Telegram jamoasi, shuningdek, messenjer Yevropa Ittifoqining barcha qonunlariga rioya qilishi va platformadagi moderatsiya “sanoat standartlariga javob berishi va doimiy ravishda takomillashtirilayotganini” qayd etgan.
Ilon Mask Durovni ozod qilishga qaratilgan chaqiruvlarni qo‘llab-quvvatladi
Qayd etilishicha, butun dunyo bo‘ylab qariyb milliard kishi messenjerdan aloqa vositasi va muhim axborot manbai sifatida foydalanadi. Jamoa Durovning hibsga olinishi bilan bog‘liq vaziyat tezroq hal qilinishini kutayotganini bildirdi.
Osnovatel Telegram Pavel Durov posetil Uzbekistan.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2024
Pavel Durov Parijda hibsga olindi
Yangiliklar lentasi
0