TOShKENT, 1-avgust — Sputnik. O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev va Abdumalik Xalokov Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi debut janglarini o‘tkazib, ishonchli g‘alabaga erishishdi. Shunday qilib, boks bo‘yicha jahon chempioni Mo‘ydinxo‘jayev Olimpiya o‘yinlaridagi debut jangini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Endi Mo‘ydinxo‘jayev 3-avgust kuni Makan Traore (Fransiya) va Nikolay Terteran (Daniya) juftligi g‘olibi bilan yarim final yo‘llanmasi uchun jang qiladi.Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Abdumalik Xalokov (-57 kg) ham ishtirokini g‘alaba bilan boshladi. Endi u yarim final yo‘llanmasi uchun Mahmud Sabirxan (Qozog‘iston) va Xose Kuiles (Ispaniya) juftligining g‘olibi bilan bellashadi.
Endi bokschilar yarim final yo‘llanmasi uchun jang qilishadi.
TOShKENT, 1-avgust — Sputnik. O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev va Abdumalik Xalokov Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi debut janglarini o‘tkazib, ishonchli g‘alabaga erishishdi.
Shunday qilib, boks bo‘yicha jahon chempioni Mo‘ydinxo‘jayev Olimpiya o‘yinlaridagi debut jangini muvaffaqiyatli o‘tkazdi.
“Misrlik Omar Elavadiga qarshi ringga ko‘tarilgan yurtdoshimiz o‘zining kuchli va aniq zarbalari qarshisida raqibini ojiz qoldirdi”, — deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Endi Mo‘ydinxo‘jayev 3-avgust kuni Makan Traore (Fransiya) va Nikolay Terteran (Daniya) juftligi g‘olibi bilan yarim final yo‘llanmasi uchun jang qiladi.
"Ikkinchi davradan bahslarga kirishgan sportchi shvetsiyalik Nabil Ibrohimga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va chorak finalga yo‘l oldi", — deb yozadi qo‘mita.
Endi u yarim final yo‘llanmasi uchun Mahmud Sabirxan (Qozog‘iston) va Xose Kuiles (Ispaniya) juftligining g‘olibi bilan bellashadi.