https://oz.sputniknews.uz/20240716/tailand-ozbekiston-vizasiz-rejim-44825517.html
Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun rasman vizasiz rejim joriy qildi
Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun rasman vizasiz rejim joriy qildi
Sputnik O‘zbekiston
Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun rasman vizasiz rejimni joriy qildi
2024-07-16T15:50+0500
2024-07-16T15:50+0500
2024-07-16T18:36+0500
turizm
o‘zbekiston
tailand
viza
xorijga chiqish vizasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/0f/44808881_0:320:3072:2048_1920x0_80_0_0_933a0947931fc048af2da9df66fea919.jpg
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Joriy yilning 15-iyulidan Tailand hukumati 93 davlat, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari uchun 60 kungacha vizasiz kirish rejimini rasman joriy qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA. O‘z navbatida, mazkur tartib Tailand hukumati tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida bir tomonlama joriy etildi va ma’lum muddatdan so‘ng bekor qilinishi ham mumkin. Tailand TIV ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston va Tailand o‘rtasida o‘zaro vizadan ozod qilish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan hukumatlararo kelishuvlar yuzasidan muzokaralar davom etmoqda. 15-iyulga qadar O‘zbekiston fuqarolari aeroportga kelganlarida 60 AQSh dollari evaziga 15 kunlik turistik viza olishlari mumkin edi.
https://oz.sputniknews.uz/20240529/thailand-uzbekistan-viza-44130921.html
o‘zbekiston
tailand
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/0f/44808881_251:0:2982:2048_1920x0_80_0_0_d8f91d6ef9db3e4de094f6a9ff718011.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tailand o‘zbekiston vizasiz rejim
tailand o‘zbekiston vizasiz rejim
Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun rasman vizasiz rejim joriy qildi
15:50 16.07.2024 (yangilandi: 18:36 16.07.2024) Yangi tartib barcha chegara postlari orqali Tailandga tashrif buyuruvchilar uchun amal qiladi.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Joriy yilning 15-iyulidan Tailand hukumati 93 davlat, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari uchun 60 kungacha vizasiz kirish rejimini rasman joriy qildi, deb
xabar bermoqda "Dunyo" AA.
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, muqaddam Tailandga fuqarolari vizasiz kirishi mumkin bo‘lgan davlatlar soni 57 ta edi. Ro‘yxatga yangi kiritilgan 36 ta davlat qatorida Xitoy, Hindiston, Qozog‘iston va O‘zbekiston ham bor.
O‘z navbatida, mazkur tartib Tailand hukumati tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida bir tomonlama joriy etildi va ma’lum muddatdan so‘ng bekor qilinishi ham mumkin.
Tailand TIV ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston va Tailand o‘rtasida o‘zaro vizadan ozod qilish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan hukumatlararo kelishuvlar yuzasidan muzokaralar davom etmoqda.
15 iyulga qadar O‘zbekiston fuqarolari aeroportga kelganlarida 60 AQSh dollari evaziga 15 kunlik turistik viza olishlari mumkin edi.