BRIKS G‘arb monopoliyasiga qarshi chiqmoqda — Gananing sobiq prezidenti

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishSammit BRIKS v YuAR.
Sammit BRIKS v YuAR. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2024
Obuna bo‘lish
Gananing sobiq prezidenti Mahama BRIKSni G‘arb monopoliyasiga foydali muvozanat deb atadi.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. BRIKS tashkiloti G‘arbning Afrikadagi monopoliyasiga foydali muvozanatdir. Bu haqda Gananing sobiq prezidenti Jon Dramani Mahama RIA Novostiga ma’lum qildi.
"Dunyoda o‘sishning bir qutbi bo‘lmasligi kerak, ularning bir nechtasi bo‘lishi kerak, men hatto bizda uchta yoki to‘rtta bo‘lishini istardim. Bu dunyoning har bir qismi insoniyat farovonligi va rivojlanishi uchun o‘sish qutbi bo‘lishi kerak, shuning uchun men G‘arbning rivojlanish va farovonlik monopoliyasi sayyora uchun yaxshi narsa deb o‘ylamayman ", — dedi Mahama.
“BRIKS – bu ham muvozanatdir. Bular resurslarni birlashtirishga qaror qilgan rivojlanayotgan davlatlar. Bu esa Afrikada bizga foyda keltiradi, chunki ko‘p tomonlama va ikki tomonlama yordamning bir manbasi o‘rniga bizda ikkita manba bor”, — ta’kidladi u.
Mahamaning fikricha, BRIKS mamlakatlari farovonlikka erishmoqda va ularga “taqlid qilish mumkin”. BRIKS rivojlanishi butun dunyo uchun ijobiy hodisa, deya qayd etdi u.
Rabochaya poyezdka prezidenta Vladimira Putina v Sankt-Peterburg - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.07.2024
BRIKSga qiziqish bildirgan barcha davlatlar bilan hamkorlikni kuchaytirishga tayyormiz — Putin
Yangiliklar lentasi
0