Osiyo bolalari: o‘zbekistonlik yengil atletikachilar 11 ta medalga ega chiqishdi

© Ministerstvo sporta respubliki UzbekistanLegkoatleti zavoyevali 11 medaley na mejdunarodnix sportivnix igrax "Deti Azii"
Legkoatleti zavoyevali 11 medaley na mejdunarodnix sportivnix igrax Deti Azii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2024
Obuna bo‘lish
“Osiyo bolalari” xalqaro sport o‘yinlarida sportning yengil atletika turi bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ishtirok etdi.
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. “Osiyo bolalari” xalqaro sport o‘yinlarida o‘zbekistonlik yengil atletikachilar 11 ta medalni qo‘lga kiritishdi, deya xabar berdi Sport vazirligi.
Rossiyaning Yakutsk shahrida o‘tkazilayotgan “Osiyo bolalari” xalqaro sport o‘yinlarida sportning yengil atletika turi bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ham ishtirok etdi.
© Ministerstvo sporta respubliki Uzbekistan
Legkoatleti zavoyevali 11 medaley na mejdunarodnix sportivnix igrax Deti Azii - Sputnik O‘zbekiston
1/6
© Ministerstvo sporta respubliki Uzbekistan
Legkoatleti zavoyevali 11 medaley na mejdunarodnix sportivnix igrax Deti Azii - Sputnik O‘zbekiston
2/6
© Ministerstvo sporta respubliki Uzbekistan
Legkoatleti zavoyevali 11 medaley na mejdunarodnix sportivnix igrax Deti Azii - Sputnik O‘zbekiston
3/6
© Ministerstvo sporta respubliki Uzbekistan
Legkoatleti zavoyevali 11 medaley na mejdunarodnix sportivnix igrax Deti Azii - Sputnik O‘zbekiston
4/6
© Ministerstvo sporta respubliki Uzbekistan
Legkoatleti zavoyevali 11 medaley na mejdunarodnix sportivnix igrax Deti Azii - Sputnik O‘zbekiston
5/6
© Ministerstvo sporta respubliki Uzbekistan
Legkoatleti zavoyevali 11 medaley na mejdunarodnix sportivnix igrax Deti Azii - Sputnik O‘zbekiston
6/6
1/6
2/6
3/6
4/6
5/6
6/6
Musobaqa natijalari:
Oltin medal: Anastasiya Silchenkova (3000 m – 10:02.57), Despina Bandaletova (2000 m to‘siqlar osha – 7:12.05).
Kumush medal: Anastasiya Silchenkova (1500 m – 4:41.31), Qobiljon Rahmatov (2000 m to‘siqlar osha – 6:31.87), Dilnura Haydarova (balandlikka sakrash – 1.60), Beknur Abduqodirov, Habibulloh Jabborov, Shahzodbek Xolmurodov, Abdurahmon Muhammajonov (4x100 m – 44.86), Darya Jilina (do‘stlik estafetasi 100-200-400-800 m – 4:02.27).
Bronza medal: Shodiya Rahmonova (100 m g‘ovlar osha – 15.03), Yana Normatova (uzunlikka sakrash – 5.36 ), Beknur Abduqodirov (do‘stlik estafetasi 100-200-400-800 m– 3:34.94), Nazmina Rahimjonova (do‘stlik estafetasi 100-200-400-800 m– 4:08.42).
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Yakutsk shahrida 25-iyun-7 iyul kunlari “Osiyo bolalari” VIII xalqaro sport o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Ular sportning 27 ta turi bo‘yicha o‘tkaziladi.
O‘zbekiston delegatsiyasi sportning 16 ta (basketbol 3x3, boks, voleybol, dzudo, kurash, yengil atletika, mas-restling, suzish, sambo, erkin kurash, yunon-rum kurashi, ayollar kurashi, taekvondo WT, mini-futbol, badiiy gimnastika, shaxmat) turida qatnashadi. Sportchilarning umumiy soni 179 nafarga teng. Bu yilgi o‘yinlar dasturiga ilk bor o‘zbek kurash milliy sport turi ham kiritilgan.
Ma’lumot uchun, “Osiyo bolalari” o‘yinlari Osiyo Olimpiya kengashi tashabussi bilan har 4-yilda bir marotaba o‘tkaziladi. 2022-yil Vladivostok shahrida bo‘lib o‘tgan “Osiyo bolalari” VIII o‘yinlarida O‘zbekistondan jami 173 nafar sportchi ishtirok etgan. Ular jami 114 ta (41 ta oltin, 28 ta kumush, 45 ta bronza) medallari bilan umumjamoa hisobida 2-o‘rin qo‘lga kiritilgan.
Nagradili pobediteley i prizerov igr Deti Azii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2024
“Osiyo bolalari” o‘yinlari boshqa mamlakatlarda ham targ‘ib qilinadi
Yangiliklar lentasi
0