TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Rossiya BRIKS doirasida sanksiyalar yoki boshqa bosimlardan xoli bo‘lgan mustaqil to‘lov tizimini yaratish ustida ishlamoqda, dedi Vladimir Putin Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro iqtisodiy forumining yalpi majlisda.
Rossiya G‘arb sanksiyalariga tobe bo‘lmagan to‘lov tizimi ishlab chiqmoqda.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Rossiya BRIKS doirasida sanksiyalar yoki boshqa bosimlardan xoli bo‘lgan mustaqil to‘lov tizimini yaratish ustida ishlamoqda, dedi Vladimir Putin Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro iqtisodiy forumining yalpi majlisda.
"BRIKS doirasida siyosiy bosim, suiiste’mollik va tashqi sanksiyalar aralashuviga tobe bo‘lmagan mustaqil to‘lov tizimini yaratish ustida ishlamoqda", - dedi Rossiya prezidenti.
G‘arb sanksiyalari
Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus operatsiyani e’lon qilganidan so‘ng AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Cheklov choralar birinchi navbatda bank sektori va yuqori texnologiyali mahsulotlar yetkazib berishga qaratilgan. Ko‘plab brendlar Rossiyadan chiqib ketishdi. Rossiyaning xorijdagi aktivlari muzlatildi.
Kreml ushbu bu choralarni misli ko‘rilmagan iqtisodiy urush deb atadi, lekin voqealarning bunday rivojlanishiga tayyor ekanini bildirdi.
Rossiya banki valyuta bozorini barqarorlashtirdi, do‘st bo‘lmagan mamlakatlarga gazni rublda sotish e’lon qilindi.