https://oz.sputniknews.uz/20240606/foyda-putin-uzbekistan-tashrif-44247323.html
“Kutilmaganda foydali bo‘ldi”: Putin O‘zbekistonga tashrif haqida qanday fikrda?
“Kutilmaganda foydali bo‘ldi”: Putin O‘zbekistonga tashrif haqida qanday fikrda?
Sputnik O‘zbekiston
Putin: Mirziyoyev tashabbusi bilan biz nafaqat katta hukumat delegatsiyasi bilan keldik, balki bir vaqtda viloyat rahbarlarining uchrashuvini ham o‘tkazdik.
2024-06-06T09:33+0500
2024-06-06T09:33+0500
2024-06-06T11:13+0500
siyosat
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya
o‘zbekiston
vladimir putin
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/1b/44097170_0:82:3218:1892_1920x0_80_0_0_a21cd9b1447ca13a3bf396bd37e09846.jpg
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi va unga aloqador barcha tadbirlar kutilmaganda foydali bo‘ldi. Bu haqda Rossiya yetakchisi jahon axborot agentliklari rahbarlari bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi.Rossiya prezidenti Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (PXIF) doirasida jahon axborot agentliklari rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi.Vladimir Putin O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori Abdusaid Kuchimovning savoliga javob berar ekan, avvalo, O‘zbekistonga tashrif juda puxta va samarali bo‘lganini aytdi.Hududlar munosabatlarimiz majmuini rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shmoqda — PutinEslatib o‘tamiz, Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda yangi bosqich boshlanganini ko‘rsatadi. Bunday fikrni Shavkat Mirziyoyev ikki davlat yetakchilarining keng tarkibdagi muzokaralari davomida bildirdi.O‘zbekiston prezidenti muzokaralar haqida fikr bildirib, ikki davlat munosabatlarida ilgari hech qachon bunday mazmunli sanoat dasturi bo‘lmaganini ta’kidladi.
https://oz.sputniknews.uz/20240529/putin-tashrif-russia-uzbekistan-hamkorlik-44125219.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/1b/44097170_715:389:2612:1812_1920x0_80_0_0_5c28f8e650f513ee5aa1d4f75259500d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
putin mirziyoyev
“Kutilmaganda foydali bo‘ldi”: Putin O‘zbekistonga tashrif haqida qanday fikrda?
09:33 06.06.2024 (yangilandi: 11:13 06.06.2024) Putin: Mirziyoyev tashabbusi bilan biz nafaqat katta hukumat delegatsiyasi bilan keldik, balki bir vaqtda viloyat rahbarlarining uchrashuvini ham o‘tkazdik.
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi va unga aloqador barcha tadbirlar kutilmaganda foydali bo‘ldi. Bu haqda Rossiya yetakchisi jahon axborot agentliklari rahbarlari bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi.
Rossiya prezidenti Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (PXIF) doirasida jahon axborot agentliklari rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi.
Vladimir Putin O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori Abdusaid Kuchimovning savoliga javob berar ekan, avvalo, O‘zbekistonga tashrif juda puxta va samarali bo‘lganini aytdi.
“Ehtimol, bizda bu format hali hech kim bilan shakillanmagan, aniqrog‘i, prezident Mirziyoyev tashabbusi bilan biz nafaqat O‘zbekistonga prezident taklifiga binoan katta hukumat delegatsiyasi bilan keldik, balki bir vaqtda viloyat rahbarlarining uchrashuvini ham o‘tkazdik. Va Toshkentga Rossiya hukumatining yarmi va Rossiya Federatsiyasining ko‘plab viloyatlari rahbarlari keldi. Rossiyaning ayrim viloyatlari rahbarlari hatto Toshkentda yangilangan Rossiya Federatsiyasi hukumati rahbariyati bilan ham muloqot qilishdan xursand bo‘lishdi. Ular bir-biri bilan ham juda faol muloqot qilishdi. Bu men uchun juda foydali, hatto kutilmagan bo‘lib chiqdi”, — deya qayd etdi u.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda yangi bosqich boshlanganini ko‘rsatadi. Bunday fikrni Shavkat Mirziyoyev ikki davlat yetakchilarining keng tarkibdagi muzokaralari davomida bildirdi.
O‘zbekiston prezidenti muzokaralar haqida fikr bildirib, ikki davlat munosabatlarida ilgari hech qachon bunday mazmunli sanoat dasturi
bo‘lmaganini ta’kidladi.