O‘zbekistonlik jurnalistlar Hindistonda malaka oshiradi

© fragolerosseZarubejnaya pressa
Zarubejnaya pressa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi va Hindiston Press-klubi o‘rtasida ahdlashuv memorandumi imzolandi.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi va Hindiston Press-klubi o‘rtasida ahdlashuv memorandumi imzolandi, deya xabar berdi “Dunyo” AA.
O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari vakillari delegatsiyasi Hindistonda o‘zaro hamkorlikni yanada faollashtirishga qaratilgan muzokaralar o‘tkazdi. Unda ikki mamlakatdagi islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazish, ushbu jarayonga yetakchi ommaviy axborot vositalarini faol jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
© IA "Dunyo"O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi va Hindiston Press-klubi o‘rtasida ahdlashuv memorandumi imzolandi
 Delegatsiya predstaviteley SMI Uzbekistana provela v Indii peregovori, napravlennie na dalneyshuyu aktivizatsiyu vzaimnogo sotrudnichestva v etoy sfere, soobshayet korrespondent IA Dunyo. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2024
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi va Hindiston Press-klubi o‘rtasida ahdlashuv memorandumi imzolandi
“Tadbirda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi va Hindiston Press-klubi o‘rtasida ahdlashuv memorandumi imzolandi”, — deyiladi xabarda.
Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi Xolmurod Salimovning so‘zlariga ko‘ra, imzolangan hamkorlik memorandumida o‘zbekistonlik jurnalistlarni Hindistonda bilim va malakasini oshirish, taniqli hind jurnalistlari ishtirokida mahorat darslari o‘tish va boshqa muhim vazifalar ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston va Hindiston yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillarining muloqotlari chog‘ida ikki tomonlama ijodiy aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarishning amaliy yo‘nalishlari belgilab olindi.
Yangiliklar lentasi
0