Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi sanasi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Aleksey Nikolskyi / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2024
Obuna bo‘lish
Prezident yordamchisi: Putin yakshanba-dushanba kunlari O‘zbekistonga keladi.
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 26-27 may kunlari O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi. Bu haqda prezident yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Putinning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Putinning O‘zbekistonga bo‘lajak davlat tashrifiga tayyorgarlikning borishi muhokama qilingan edi.
Rossiya yetakchisining lavozimga kirishishdan keyingi birinchi tashrifi Xitoyga amalga oshirilgan edi. Markaziy Osiyo davlatlari ichida esa O‘zbekiston Putining davlat tashrifida birinchisi bo‘ladi.
Prezident RF V. Putin provel vstrechi na polyax sammita ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2024
Rossiya yetakchisi O‘zbekistonga keladi — Mirziyoyev va Putinning telefon orqali muloqoti
Yangiliklar lentasi
0