Mirziyoyev Turkiya Buyuk millat majlisi raisini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Turkiya respublikasi Buyuk millat majlisi raisi Numan Kurtulmush boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi
Shavkat Mirziyoyev Turkiya respublikasi Buyuk millat majlisi raisi Numan Kurtulmush boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2024
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida munosabatlarni rivojlantirishning masalalari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Buyuk millat majlisi raisi Numan Kurtulmush boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Ikki mamlakat o‘rtasida quyidagilar amalga oshirilmoqda:
o‘zaro tovar ayirboshlash va investitsiya ko‘rsatkichlari o‘smoqda, qo‘shma loyihalar va korxonalar, aviaqatnovlar soni ortib bormoqda;
ikki mamlakatda qo‘shma madaniy tadbirlar o‘tkazilmoqda;
O‘zbekiston va Turkiya qonun chiqaruvchi organlari o‘rtasida samarali aloqalar yo‘lga qo‘yilgan.
“Parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirish, O‘zbekiston-Turkiya hamkorligi kun tartibini shakllantirishda va oliy darajadagi kelishuvlar ijrosi ustidan nazoratni ta’minlashda do‘stlik guruhlari va tegishli qo‘mitalarning faol ishtiroki muhim ekani ta’kidlandi”, — deyiladi xabarda.
Investitsiya dasturlarini ilgari surish, turizm, ishbilarmonlik va ta’lim almashinuvlarini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi parlamentlararo hamkorlik istiqbollari ham muhokama qilindi.
Yangiliklar lentasi
0