https://oz.sputniknews.uz/20240521/iran-prezident-saylov-kun-43983382.html
Eronda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovi kuni belgilandi
Eronda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovi kuni belgilandi
Sputnik O‘zbekiston
Mehr: Eron Konstitutsiya muhofizlari kengashi 28-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarini tasdiqladi.
2024-05-21T18:30+0500
2024-05-21T18:30+0500
2024-05-21T18:53+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
eron
saylovlar
ibrohim raisiy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/04/36535624_265:0:3906:2048_1920x0_80_0_0_dbb2fd987f166d5ef8b230ff478f7975.jpg
TOShKENT, 21-may — Sputnik. Eron Konstitutsiya muhofizlari kengashi 28-iyun kuni prezidentlik saylovi o‘tkazilishini ma’qulladi. Bu haqda RIA Novosti "Mehr" agentligiga tayanib ma’lum qildi.Bir kun avval bu sana Eron saylov komissiyasi tomonidan taklif qilingan edi. O‘z navbatida, nomzodlarni ro‘yxatga olish 28-mayga belgilangan.Eron Konstitutsiyasining 131-moddasiga ko‘ra, yangi saylovlar davlat rahbari vafot etgani yoki muomalaga layoqatsizligi e’lon qilingan va uning vazifalari birinchi vitse-prezidentga o‘tganidan keyin 50 kun ichida tashkil etilishi kerak. Hozirda bu lavozimni Muhammad Moxber egallab turibdi.Ibrohim Raisiy bilan vidolashuv va dafn marosimi 23-may kuni Mashhadda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda mamlakat vitse-prezidenti Mohsin Mansuriy ma’lum qildi. Mansuriyga ko‘ra, tadbir Imom Rizo maqbarasida o‘tkaziladi. Mashhad marhum Eron prezidentining ona shahri hisoblanadi.Ibrohim Raisiy vafoti munosabati bilan dunyoning 8 ta davlatida motam e’lon qilindi. Bular Eron, Hindiston, Iroq, Livan, Pokiston, Suriya, Tojikiston va Turkiya. Aksariyat mamlakatlarda bir kunlik motam e’lon qilingan, faqat Suriya va Livanda uch kun, Tojikistonda esa ikki kun davom etadi. Eron Islom Respublikasida motam tadbirlari besh kun davom etadi.Ma’lumot uchun, 19-may kuni Eron prezidenti bo‘lgan vertolot halokatga uchradi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u Eronning Sharqiy Ozarbayjon viloyatidagi Verzegan viloyatiga qattiq qo‘ngan. Favqulodda holat o‘rmonlar ichida joylashgan Uzi qishlog‘i hududida sodir bo‘lgan. Qidiruv operatsiyasiga 40 ta tezkor guruh jalb etilgan, qidiruv ishlari qalin tuman tufayli murakkablashgan. 20-may kuni qutqaruvchilar uzoq urinishlardan so‘ng vertolot qulagan joyga yetib bordi.Qayd etilishicha, prezident vertoloti butunlay yonib ketgan holda topildi. Eron Qizil yarim oy jamiyati rahbariga ko‘ra, prezident vertolotidagi barcha yo‘lovchilar halok bo‘ldi. "Tasnim" agentligi xabar berishicha, prezident kortejida uchta vertolot bo‘lgan. Halokat bortida respublika tashqi ishlar vazirligi rahbari Husayn Amir Abdullohiyon va Sharqiy Ozarbayjon gubernatori Malik Rahmati ham bo‘lgan.
https://oz.sputniknews.uz/20240521/mirziyoev-iran-toshkent-elchixona-43978243.html
eron
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/04/36535624_1175:0:3906:2048_1920x0_80_0_0_5e3f4c21b15da924e298e6c33c704c77.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mehr eron konstitutsiyasi himoyachilari kengashi prezidentlik saylovlari
mehr eron konstitutsiyasi himoyachilari kengashi prezidentlik saylovlari
Eronda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovi kuni belgilandi
18:30 21.05.2024 (yangilandi: 18:53 21.05.2024) Mehr: Eron Konstitutsiya muhofizlari kengashi 28-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarini tasdiqladi.
TOShKENT, 21-may — Sputnik. Eron Konstitutsiya muhofizlari kengashi 28-iyun kuni prezidentlik saylovi o‘tkazilishini ma’qulladi. Bu haqda RIA Novosti "Mehr" agentligiga tayanib
ma’lum qildi. "Kengash 28-iyunda prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga rozi bo‘ldi", — dedi Kengash vakili.
Bir kun avval bu sana Eron saylov komissiyasi tomonidan taklif qilingan edi. O‘z navbatida, nomzodlarni ro‘yxatga olish 28-mayga belgilangan.
Eron Konstitutsiyasining 131-moddasiga ko‘ra, yangi saylovlar davlat rahbari vafot etgani yoki muomalaga layoqatsizligi e’lon qilingan va uning vazifalari birinchi vitse-prezidentga o‘tganidan keyin 50 kun ichida tashkil etilishi kerak. Hozirda bu lavozimni Muhammad Moxber egallab turibdi.
Ibrohim Raisiy bilan vidolashuv va dafn marosimi 23-may kuni Mashhadda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda mamlakat vitse-prezidenti Mohsin Mansuriy ma’lum qildi. Mansuriyga ko‘ra, tadbir Imom Rizo maqbarasida o‘tkaziladi. Mashhad marhum Eron prezidentining ona shahri hisoblanadi.
Ibrohim Raisiy vafoti munosabati bilan dunyoning 8 ta davlatida motam e’lon qilindi. Bular Eron, Hindiston, Iroq, Livan, Pokiston, Suriya, Tojikiston va Turkiya. Aksariyat mamlakatlarda bir kunlik motam e’lon qilingan, faqat Suriya va Livanda uch kun, Tojikistonda esa ikki kun davom etadi. Eron Islom Respublikasida motam tadbirlari besh kun davom etadi.
Ma’lumot uchun, 19-may kuni Eron prezidenti bo‘lgan vertolot halokatga uchradi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u Eronning Sharqiy Ozarbayjon viloyatidagi Verzegan viloyatiga qattiq qo‘ngan. Favqulodda holat o‘rmonlar ichida joylashgan Uzi qishlog‘i hududida sodir bo‘lgan. Qidiruv operatsiyasiga 40 ta tezkor guruh jalb etilgan, qidiruv ishlari qalin tuman tufayli murakkablashgan. 20-may kuni qutqaruvchilar uzoq urinishlardan so‘ng vertolot qulagan joyga yetib bordi.
Qayd etilishicha, prezident vertoloti butunlay yonib ketgan holda topildi. Eron Qizil yarim oy jamiyati rahbariga ko‘ra, prezident vertolotidagi barcha yo‘lovchilar halok bo‘ldi. "Tasnim" agentligi xabar berishicha, prezident kortejida uchta vertolot bo‘lgan. Halokat bortida respublika tashqi ishlar vazirligi rahbari Husayn Amir Abdullohiyon va Sharqiy Ozarbayjon gubernatori Malik Rahmati
ham bo‘lgan.