https://oz.sputniknews.uz/20240123/rossiya-kiev-aholi-fuqarolik-obekt-zarba-peskov-42167277.html
Rossiya Kiyevdan farqli o‘laroq, aholi va fuqarolik obyektlariga zarba bermaydi — Peskov
Rossiya Kiyevdan farqli o‘laroq, aholi va fuqarolik obyektlariga zarba bermaydi — Peskov
Sputnik O‘zbekiston
Dmitriy Peskov Rossiya armiyasini Kiyev rejimi harbiylaridan nima ajratib turganini aytdi.
2024-01-23T19:50+0500
2024-01-23T19:50+0500
2024-01-23T19:50+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
rossiya
kiyev
dmitriy peskov
donesk xalq respublikasi (dxr)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/04/28790452_0:208:2899:1839_1920x0_80_0_0_574e47b72c036cb24bd1a5d96ad1917b.jpg
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Kiyev va Xarkovdagi portlashlar Ukrainaning Donbassga qilgan hujumlariga javob emas, Rossiya harbiylari Kiyev rejimidan farqli o‘laroq tinch aholi va fuqarolik obyektlariga hujum qilmaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.Seshanba kuni ertalab butun Ukraina bo‘ylab havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilindi. Ommaviy axborot vositalari Kiyev, Xarkov, Dnepropetrovsk va Sumi viloyatlarida portlashlar sodir bo‘lgani haqida xabar berishdi.Shu tariqa, Kreml rasmiy vakili jurnalistlarning Rossiya Doneskning so‘nggi o‘qqa tutilishiga javoban Kiyev va Xarkovga raketa zarbalari berdi, deyish mumkinmi, degan savoliga javob berdi.Ukraina qurolli kuchlari 21-yanvar kuni ertalab Doneskning Kirov tumaniga hujum uyushtirdi. “Tekstilshik” mikrorayonidagi bozor hududi artilleriyadan o‘qqa tutildi. Natijada 27 kishi halok bo‘ldi, yana 26 kishi yaralandi. DXRda 22-yanvar motam kuni deb e’lon qilindi.
kiyev
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/04/28790452_84:0:2815:2048_1920x0_80_0_0_d8bf0760bf78865e74daf5006d062769.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dmitriy peskov rossiya armiyasi kiyev rejimi harbiylar
dmitriy peskov rossiya armiyasi kiyev rejimi harbiylar
Rossiya Kiyevdan farqli o‘laroq, aholi va fuqarolik obyektlariga zarba bermaydi — Peskov
Dmitriy Peskov Rossiya armiyasini Kiyev rejimi harbiylaridan nima ajratib turganini aytdi.
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Kiyev va Xarkovdagi portlashlar Ukrainaning Donbassga qilgan hujumlariga javob emas, Rossiya harbiylari Kiyev rejimidan farqli o‘laroq tinch aholi va fuqarolik obyektlariga hujum qilmaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Seshanba kuni ertalab butun Ukraina bo‘ylab havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilindi. Ommaviy axborot vositalari Kiyev, Xarkov, Dnepropetrovsk va Sumi viloyatlarida portlashlar sodir bo‘lgani haqida xabar berishdi.
“Biz maxsus harbiy operatsiyamizni davom ettirmoqdamiz, harbiylarimiz Kiyev rejimidan farqli o‘laroq, ijtimoiy obyektlar va aholi turar joylariga zarba bermaydi va tinch aholiga zarba bermaydi. Bu bizning armiyamizni Kiyev rejimi harbiylaridan tubdan ajratib turadigan narsa”, — dedi Peskov.
Shu tariqa, Kreml rasmiy vakili jurnalistlarning Rossiya Doneskning so‘nggi o‘qqa tutilishiga javoban Kiyev va Xarkovga raketa zarbalari berdi, deyish mumkinmi, degan savoliga javob berdi.
Ukraina qurolli kuchlari 21-yanvar kuni ertalab Doneskning Kirov tumaniga hujum uyushtirdi. “Tekstilshik” mikrorayonidagi bozor hududi artilleriyadan o‘qqa tutildi. Natijada 27 kishi halok bo‘ldi, yana 26 kishi yaralandi. DXRda 22-yanvar motam kuni deb e’lon qilindi.