Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

MDHda YeOII misolida milliy valyutalarda to‘lovlarni oshirish zarur — Rossiya TIV

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishMinisterstvo inostrannix del Rossii
Ministerstvo inostrannix del Rossii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.01.2024
Obuna bo‘lish
YeOIIda milliy valyutalarning o‘zaro hisob-kitoblardagi ulushi allaqachon 90 foizdan oshdi.
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida (MDH) Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) misolida G‘arb sanksiyalari fonida savdoda milliy valyutalardagi to‘lovlar ulushini oshirish zarur. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Pankin ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Aleksandr Pankin MDH doimiy vakillarining Minskda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida 2024-yilda Rossiyaning Hamdo‘stlikka raisligining ustuvor yo‘nalishlari bilan tanishtirdi. Shuningdek, MDHda savdo-iqtisodiy hamkorlik asosiy yo‘nalishlardan biri ekanligini ta’kidladi.
Shu bilan birga, uning rivojlanishi misli ko‘rilmagan sanksiyalar bosimi tufayli bir qator cheklovlar va to‘siqlar bilan bog‘liq.
“G‘arb sanksiyalari bu sohani (eksport-import to‘lovlari – tahr.) buzishga jiddiy urinmoqda, bu bizning to‘lov infratuzilmamizni qayta konfiguratsiya qilishga, yangi to‘lov mexanizmlarini joriy etishga olib keldi. Cheklovlarni bartaraf etish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar hisob-kitoblarni Rossiya rubli va do‘st mamlakatlar milliy valyutalarida o‘tkazish bo‘ldi”, — dedi Pankin.
Shuningdek, u ko‘rilgan chora-tadbirlar o‘z samarasini berayotganini, masalan, YeOIIda o‘tgan yilning 10 oyi davomida milliy valyutalarning o‘zaro hisob-kitoblardagi ulushi allaqachon 90 foizdan oshganini aytdi.

“Biz Hamdo‘stlikda ham xuddi shunday ko‘rsatkichlarga intilish muhim, deb hisoblaymiz”, — dedi Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari.

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda G‘arb Rossiya va Belarusga nafaqat sanksiya bosimini, balki MDH davlatlarining “Hamdo‘stlikni birlashtiruvchi kun tartibiga muvofiq oldinga siljishi”ga yo‘l qo‘ymaslik uchun boshqa sheriklarga, jumladan, harbiy va siyosiy munosabatlarga nisbatan turli xarakterdagi bosimni amalga oshirmoqda.
“Bunday chora-tadbirlarga garov o‘zini oqlamadi, bizda iqtisodiyotning ikki baravar pasayishi ham bashorat qilingan edi, lekin, albatta, bunday bo‘lmadi. Bizda barcha qiyinchiliklarga qaramay, ishonchli, progressiv rivojlanish bor”, — dedi Pankin.
U geosiyosiy qiyinchiliklarga qaramasdan MDH doirasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik rivojlanib, tovar ayirboshlash ortib borayotganini eslatdi. Shuningdek, u o‘z iqtisodiy imkoniyatlariga e’tibor qaratishga chaqirdi.
Pankin kelajakda e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan yo‘nalishlar qatorida MDHdagi aloqalarni rivojlantirish, o‘zaro investitsiyalar va innovatsion salohiyatni rivojlantirish, texnologik suverenitetni mustahkamlash va dedollarizatsiya, erkin savdo zonasini rivojlantirish, tashqi savdo faoliyatiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha hisob-kitob va to‘lov infratuzilmasini takomillashtirishni ham qayd etdi.
Xulosa qilib, u Rossiya o‘z raisligi davrida xizmatlarning erkin savdosi to‘g‘risidagi bitimning to‘liq kuchga kirishiga yordam berishini qo‘shimcha qildi.
Vistuplenie Vladimira Putina na sammite SNG v uzkom formate. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2023
Putin MDHda hisob-kitobda milliy valyutalardan foydalanishni kengaytirishga chaqirdi
Yangiliklar lentasi
0