Ai-80 benzini uchun aksiz solig‘ini “nol” stavkada qo‘llash muddati tugadi

© Sputnik/Zafar XalilovSammit Organizatsii ekonomicheskogo sotrudnichestva v Tashkente
Sammit Organizatsii ekonomicheskogo sotrudnichestva v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.01.2024
Obuna bo‘lish
1 yanvardan mazkur markadagi benzin “O‘zbekneftgaz” AYoQShlarida 6 800 so‘mdan sotila boshlandi.
TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. Prezident qarori bilan joriy etilgan va 2022-yil 10-dekabrdan boshlab amal qilayotgan Ai-80 benzini uchun aksiz solig‘ini “nol” stavkada qo‘llashning amal qilish muddati 2023-yil 31-dekabr kuni yakunlandi.
Shu sabab bilan 2024-yil 1-yanvardan mazkur markadagi benzin “O‘zbekneftgaz” AYoQShlarida 6 800 so‘mdan sotila boshlandi.
Xususiy AYoQShlarda esa ushbu markadagi benzin bundan qimmatroq narxda sotilmoqda.
Ma’lumot uchun, import qilinadigan va mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan avtobenzinning aksiz soliq stavkasi 1 tonna uchun 303 ming so‘m va yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilinadigan avtobenzinning soliq stavkasi 1 tonna uchun 565 ming so‘m yoki bir litr uchun 425 so‘m.
Zapravka, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2023
Benzin narxi oshadimi — "O‘zbekneftgaz" javobi
Yangiliklar lentasi
0