Tanzila Narbayeva Dubayda BAA Federal milliy kengashi raisi bilan muzokara o‘tkazdi

© Senat Oliy MajlisaTanzila Narbayeva Dubayda BAA Federal milliy kengashi raisi bilan muzokara o‘tkazdi
Tanzila Narbayeva Dubayda BAA Federal milliy kengashi raisi bilan muzokara o‘tkazdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan BAA sarmoyalari ishtirokidagi korxonalar soni 5-yilda 2,5 barobarga oshdi.
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Dubayda BAA Federal milliy kengashi raisi Saqr G‘obash bilan muzokara o‘tkazdi, deya xabar berdi yuqori palata matbuot xizmati.
© Senat Oliy MajlisaTanzila Narbayeva Dubayda BAA Federal milliy kengashi raisi bilan muzokara o‘tkazdi
Sotrudnichestvo Senata Oliy Majlisa i Federalnogo natsionalnogo soveta OAE budet napolneno konkretnim prakticheskim soderjaniyem - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2023
Tanzila Narbayeva Dubayda BAA Federal milliy kengashi raisi bilan muzokara o‘tkazdi
Aytilishicha, keyingi yillarda mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro tovar ayirboshlash 4 barobarga o‘sib, shu yil yanvar-sentabr oylarida o‘zaro savdo 475,7 mln dollarni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 40 foizga oshgan.
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan BAA sarmoyalari ishtirokidagi korxonalar soni 5-yilda 2,5 barobarga oshdi. “Yashil” energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika, turizm infratuzilmasi kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan investitsiya loyihalari portfeli 4 mlrd dollardan ziyodni tashkil qilmoqda.
Tomonlar ushbu ko‘rsatkichlarni bir necha barobarga oshirish imkoniyati mavjud ekanini, bu borada parlamentlar ham faollik ko‘rsatishi lozimligini ta’kidladi.
© Senat Oliy MajlisaTanzila Narbayeva Dubayda BAA Federal milliy kengashi raisi bilan muzokara o‘tkazdi
Sotrudnichestvo Senata Oliy Majlisa i Federalnogo natsionalnogo soveta OAE budet napolneno konkretnim prakticheskim soderjaniyem - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2023
Tanzila Narbayeva Dubayda BAA Federal milliy kengashi raisi bilan muzokara o‘tkazdi
“Oliy darajada erishilgan kelishuvlar asosida qabul qilingan “yo‘l xaritalari”da belgilangan vazifalar ijrosi ustidan tizimli parlament nazoratini o‘rnatish, “xalq diplomatiyasi”ning muhim jihati hisoblangan “do‘stlik guruhlari” faoliyatini jonlantirish lozimligi qayd etildi”, — deyiladi xabarda.
BMT, Parlamentlararo ittifoq, Islom Hamkorlik Tashkiloti va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi. Oliy Majlis Senati raisi BAA Federal milliy kengashi raisiga 2024-yilda O‘zbekistonga tashrif buyurishni taklif qildi.
© Senat Oliy Majlisa Oliy Majlis Senati raisi “Dubai Expo” markazida tashkil etilgan "O‘zbekiston" paviloni bilan tanishdi.
Delegatsiya vo glave s Predsedatelem Senata oznakomilas s pavilonom Uzbekistan, organizovannom v sentre Dubai Expo  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2023
Oliy Majlis Senati raisi “Dubai Expo” markazida tashkil etilgan "O‘zbekiston" paviloni bilan tanishdi.
Shuningdek, BMT iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi (COP28) doirasidagi parlament sessiyasida ishtirok etish uchun BAAda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Oliy Majlis Senati raisi “Dubai Expo” markazida tashkil etilgan "O‘zbekiston" paviloni bilan tanishdi.

"O‘zbekiston COP28da Markaziy Osiyo paviloni ostida qatnashmoqda. Bu "Bir mintaqa – bir ovoz" pozitsiyasini mustahkamlashga qaratilgan birgalikdagi sa’y-harakat hisoblanadi. COP28 - Butunjahon iqlim forumida O‘zbekiston ikkita: ko‘k va yashil pavilonda ishtirok etmoqda", — deyiladi xabarda.

Ko‘k ("Blue") zonadagi pavilonda O‘zbekistonning ekologik salohiyati, xususan, Prezident tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan va an’anaga aylangan "Yashil makon" loyihasi, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishlarini o‘rganish universiteti ("Central Asian Green University") hamda Orol dengizi holati va uni ko‘kalamzorlashtirish borasidagi ma’lumotlar o‘rin olgan.
Yashil ("Green") zonadagi pavilonda esa ikkinchi qavatda prezident tomonidan "Yashil makon", biologik xilma-xillik, umuman, ekologiya sohasida qilinayotgan ishlar haqida ma’lumotlar, videoroliklar hamda O‘zbekistonning turizm salohiyati namoyish qilinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0