YeOII va Eron erkin savdo shartnomasini imzolaydi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishPodpisanie soglasheniya. Illyustrativnoe foto
Podpisanie soglasheniya. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.12.2023
Obuna bo‘lish
Hozirda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va Eron o‘rtasida vaqtinchalik imtiyozli savdo shartnomasi amal qilmoqda, unga ko‘ra o‘zaro savdodagi bojlar cheklangan tovarlar assortimenti uchun kamaytiriladi yoki bekor qilinadi.
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Oxirgi uch yil ichida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Eron o‘rtasidagi tovar ayirboshlash ikki baravar oshdi. Bu haqida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) savdo vaziri Andrey Slepnev Tehronda bo‘lib o‘tayotgan EURASIA EXPO ikkinchi xalqaro ko‘rgazmasida ma’lum qildi.
“Har ikki tomonning tadbirkorlik subyektlari hamkorlik uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilashdan manfaatdor ekanini ko‘rib turibmiz. Bu so‘rovga javobimiz shuki, shu oyning oxirigacha to‘liq formatdagi bitim imzolanadi, unda deyarli barcha savdo bojsiz amalga oshirilishi belgilab qo‘yiladi, shuningdek, tarifsiz to‘siqlar ham qisqartiriladi”, — dedi u.
Slepnev, shuningdek, "savdoni yana ikki barobar oshirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud"ligiga ishonch bildirdi. U 2019-yil oktabr oyidan boshlab YeOII va Eron o‘rtasida vaqtinchalik imtiyozli savdo bitimi amal qilishini, unga ko‘ra o‘zaro savdodagi bojlar cheklangan turdagi tovarlar uchun kamaytirilgani yoki olib tashlanganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlarining yalpi ichki mahsuloti 2022-yilda 2603,9 milliard dollarga yetdi va besh yil ichida 6,4 foizga oshdi.
Flagi stran YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.12.2023
O‘zbekiston va YeOII
YeOII mamlakatlari yalpi ichki mahsuloti 5-yil ichida 6,4 foizga oshdi
Yangiliklar lentasi
0