Umra tadbirini amalga oshiruvchi turoperatorlar nomi e’lon qilindi — ro‘yxat

© AFP 2023Saudovskaya Araviya prinimayet sokrashenniy xadj. Arxivnoe foto
Saudovskaya Araviya prinimayet sokrashenniy xadj. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.11.2023
Obuna bo‘lish
Umra ziyoratini tashkil qilish va amalga oshirish bo‘yicha turfirmalar reytingiga 10 ta tashkilot kiritildi.
TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Umra tadbirini amalga oshirish uchun ruxsat berilgan tashkilotlarning dastlabki ro‘yxati e’lon qilindi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi.
Ro‘yxatga jami 34 ta kompaniya kiritilgan. Umra ziyoratini tashkil qilish va amalga oshirish bo‘yicha turfirmalar reytingida 10 ta tashkilot yuqori o‘rinni qo‘lga kiritgan. Ular Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari, shuningdek Toshkent shahrida joylashgan.
Umra ziyoratini tashkil qilish va amalga oshirish bo‘yicha turfirmalar reytingi

Turoperatorlar nomi

Hudud

Reyting

"SULTAN TRAVEL 2022" MChJ

Andijon viloyati

80%

"TANWIR" MChJ

Toshkent shahri

75%

"DOLINA ZOLOTAYA" MChJ

Farg‘ona viloyati

61%

"SAFAR TIME EXCLUSIVE" MChJ

Toshkent shahri

71%

"SALAAM" MChJ

Andijon viloyati

65%

"IHLOS TRAVEL 1" MChJ

Andijon viloyati

78%

"BRAND TRAVELS" MChJ

Farg‘ona viloyati

70%

"ARABIA AGENCY" XK

Toshkent shahri

69%

"RAVNAQ TRAVEL" MChJ

Namangan viloyati

66%

"EXPRESS PARVOZ" MChJ

Namangan viloyati

72%

Shu yilning 1-noyabridan Umra tadbirini tashkil etish bo‘yicha yangi talablar kuchga kirdi. Endilikda turistik faoliyatni amalga oshirish litsenziyasi chiqish turizmi kichik turining Umra xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bo‘yicha qo‘shimcha litsenziya talablari va shartlari joriy etiladi.
2023 yil 1-oktabrdan Umra xizmatlarini ko‘rsatuvchi turoperatorlar faoliyatini reyting asosida baholash tizimi joriy etildi.
Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoniga safar qilish uchun elektron viza olishlari mumkin. Saudiya Arabistoni “E-visa”si bir yillik, ko‘p martalik kirish vizasi bo‘lib, sayyohlarga mamlakatda 90 kungacha bo‘lish imkonini beradi.
Shavkat Mirziyoyev Ka’batullohni ziyorat qildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2023
Soxta turoperator va behuda sarflanayotgan pul — Umraga boruvchi ziyoratchilar ogohlantirildi
Yangiliklar lentasi
0