https://oz.sputniknews.uz/20231120/ozbekiston-saudiya-arabiston-talim-hamkorlik-41124957.html
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni ta’lim sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni ta’lim sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi vakillari Podshoh Saud universiteti xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Mazid at-Tarqaviy bilan uchrashuv o‘tkazishdi.
2023-11-20T09:04+0500
2023-11-20T09:04+0500
2023-11-20T10:52+0500
jamiyat
o‘zbekiston
ta’lim
saudiya arabistoni
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/11/27226932_0:0:1141:642_1920x0_80_0_0_cb866515a6295e4f5000cf98fee6012c.jpg
TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Podshoh Saud universiteti o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqida "Dunyo" AA xabar berdi.O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi vakillari Podshoh Saud universiteti xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Mazid at-Tarqaviy bilan uchrashdi.Unda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Podshoh Saud universiteti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash masalasi muhokama qilindi.Qayd etilishicha, ushbu hujjatni imzolash bo‘yicha kelishuv Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rahbariyatining joriy yil yanvar oyida Saudiya Arabistoniga bo‘lib o‘tgan amaliy safari chog‘ida erishilgan edi.Uning aytishicha, Saudiya Arabistoni hukumati Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bilan Anglashuv memorandumi imzolanishini ma’qullagan.Uchrashuv yakunida noyabr oyi oxirida mazkur hujjatni imzolash maqsadida Podshoh Saud universiteti rektori Badran bin Abdurrahmon al-Umar boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga amaliy safarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti universitetga aylantirilgan. 2020/21 o‘quv yilidan boshlab universitetga o‘qishga qabul qilishda sharq tillaridan (turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur, yapon tillari) topshiriladigan ko‘p balli tizim bo‘yicha imtihonlar o‘rniga test sinovlari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan.Ma’lumot uchun, hozirgi kunda Rossiyada eng ko‘p o‘zbekistonlik talabalar tahsil olmoqda. Ularning soni 63 ming nafarni tashkil qiladi. O‘zbekistonda Rossiya oliy o‘quv yurtlarining 15 ta filiali ochildi.
o‘zbekiston
saudiya arabistoni
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/11/27226932_42:0:1045:752_1920x0_80_0_0_7d0e2bffb576cc36b8258c7f6f550803.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston saudiya arabistoni podshoh saud universiteti mazid at-tarqaviy
o‘zbekiston saudiya arabistoni podshoh saud universiteti mazid at-tarqaviy
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni ta’lim sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi
09:04 20.11.2023 (yangilandi: 10:52 20.11.2023) O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi vakillari Podshoh Saud universiteti xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Mazid at-Tarqaviy bilan uchrashuv o‘tkazishdi.
TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Podshoh Saud universiteti o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqida "Dunyo" AA
xabar berdi. O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi vakillari Podshoh Saud universiteti xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Mazid at-Tarqaviy bilan uchrashdi.
Unda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Podshoh Saud universiteti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash masalasi muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, ushbu hujjatni imzolash bo‘yicha kelishuv Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rahbariyatining joriy yil yanvar oyida Saudiya Arabistoniga bo‘lib o‘tgan amaliy safari chog‘ida erishilgan edi.
“Saudiya vakili mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni diqqat bilan kuzatib borayotganini bildirdi va ushbu sohada o‘zbekistonlik hamkorlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi”, — deyiladi xabarda.
Uning aytishicha, Saudiya Arabistoni hukumati Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bilan Anglashuv memorandumi imzolanishini ma’qullagan.
Uchrashuv yakunida noyabr oyi oxirida mazkur hujjatni imzolash maqsadida Podshoh Saud universiteti rektori Badran bin Abdurrahmon al-Umar boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga amaliy safarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti
universitetga aylantirilgan. 2020/21 o‘quv yilidan boshlab universitetga o‘qishga qabul qilishda sharq tillaridan (turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur, yapon tillari) topshiriladigan ko‘p balli tizim bo‘yicha imtihonlar o‘rniga test sinovlari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan.
Ma’lumot uchun, hozirgi kunda Rossiyada eng ko‘p o‘zbekistonlik talabalar tahsil olmoqda. Ularning soni 63 ming nafarni tashkil qiladi. O‘zbekistonda Rossiya oliy o‘quv yurtlarining 15 ta
filiali ochildi.