https://oz.sputniknews.uz/20231115/ozbekiston-belarus-hamkorlik-golubika-etishtirish-41004837.html
O‘zbekiston Belarus bilan hamkorlikda golubika yetishtirishga kelishib oldi
O‘zbekiston Belarus bilan hamkorlikda golubika yetishtirishga kelishib oldi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Belarus-O‘zbekiston ishchi guruhining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
2023-11-15T12:06+0500
2023-11-15T12:06+0500
2023-11-15T12:06+0500
jamiyat
o‘zbekiston
belarus
meva-sabzavot
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/04/36523010_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_cb2ca20c27b51475ca0f3b16bb2c69b5.jpg.webp
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. O‘zbekiston Belarus bilan hamkorlikda golubika yetishtirishga kelishib oldi. Bu haqida Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.Toshkentda Belarus-O‘zbekiston ishchi guruhining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Unda ikki davlat o‘rtasida yetkazib beriladigan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari turlarini kengaytirish, go‘sht va sut mahsulotlarini qayta ishlash, chorvachilik va veterinariya, qishloq xo‘jaligi fanlari sohasida hamkorlikni rivojlantirishning yangi bosqichlari yuzasidan fikr almashdi.Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro yetkazib beriladigan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari turlarini kengaytirish, samarali va konstruktiv hamkorlikning amaliy jihatlarini kelishib oldi.Golubika bugungi kunda dunyo bozoridagi eng qimmat rezavor hisoblanadi. Mutaxassislarning fikricha, mazkur rezavorni yetishtirish hajmini oshirish O‘zbekiston iqtisodiyotiga faqat foyda olib keladi.Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatidagi 10 gektar yer maydonida jahon bozoridagi eng qimmat reza meva golubika yetishtirilmoqda. Ularni Xitoy, Gonkong, Singapur, Malayziya, Vyetnamga eksport qilish mumkin.Ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari o‘smoqda, o‘tgan yilda uning xajmi 42 foizga oshdi. Oliy darajadagi muzokaralar davomida hukumatlar zimmasiga yaqin yillarda tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yilgan.
o‘zbekiston
belarus
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/04/36523010_189:0:2920:2048_1920x0_80_0_0_e45b03af78f331e2e829344c62fac0c9.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent belarus o‘zbekiston golubika
toshkent belarus o‘zbekiston golubika
O‘zbekiston Belarus bilan hamkorlikda golubika yetishtirishga kelishib oldi
Toshkentda Belarus-O‘zbekiston ishchi guruhining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. O‘zbekiston Belarus bilan hamkorlikda golubika yetishtirishga kelishib oldi. Bu haqida Qishloq xo‘jaligi vazirligi
xabar berdi. Toshkentda Belarus-O‘zbekiston ishchi guruhining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda ikki davlat o‘rtasida yetkazib beriladigan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari turlarini kengaytirish, go‘sht va sut mahsulotlarini qayta ishlash, chorvachilik va veterinariya, qishloq xo‘jaligi fanlari sohasida hamkorlikni rivojlantirishning yangi bosqichlari yuzasidan fikr almashdi.
“Uchrashuvda “Yagodka” fermer xo‘jaligida “in-vitro” usulida yetishtirilgan golubika ko‘chatlarining elita navlaridan foydalangan holda, O‘zbekiston hududida golubika yetishtirish bo‘yicha eksperimental ko‘rgazmali maydon yaratish loyihasi kelishib olindi”, deyiladi xabarda.
Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro yetkazib beriladigan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari turlarini kengaytirish, samarali va konstruktiv hamkorlikning amaliy jihatlarini kelishib oldi.
Golubika bugungi kunda dunyo bozoridagi eng qimmat rezavor hisoblanadi. Mutaxassislarning fikricha, mazkur rezavorni yetishtirish hajmini oshirish O‘zbekiston iqtisodiyotiga faqat foyda olib keladi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatidagi 10 gektar yer maydonida jahon bozoridagi eng qimmat reza meva golubika yetishtirilmoqda. Ularni Xitoy, Gonkong, Singapur, Malayziya, Vyetnamga eksport
qilish mumkin.Ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari o‘smoqda, o‘tgan yilda uning xajmi 42 foizga oshdi. Oliy darajadagi muzokaralar davomida hukumatlar zimmasiga yaqin yillarda tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish
vazifasi qo‘yilgan.