Rossiya o‘z aktivlarini musodara qilganlarni chiroyli jazolaydi
© Sputnik / Eduard Pesov
/ Obuna bo‘lish
Endi bizda ham Rossiyaning muzlatilgan mablag‘laridan ko‘p bo‘lgan G7 aktivlarini o‘zlashtirish uchun ma’naviy va huquqiy asoslar paydo bo‘ladi — Volodin.
AQSh Kongressi Vakillar Palatasining Tashqi ishlar qo‘mitasi ko‘p ikkilanish, shubha va uch stulda bo‘linib o‘tirishiga qaramay, Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan Ukrainaga yordam berish uchun foydalanishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ko‘pchilik ovoz bilan ma’qulladi.
Agar qonun kuchga kirsa, Qo‘shma Shtatlar Davlat kotibi Amerika Qo‘shma Shtatlari Xalqaro Taraqqiyot Agentligi bilan birgalikda 180 kun ichida "Ukrainani qayta qurish, xavfsizlik va gumanitar yordamga eng dolzarb ehtiyojlarini baholashi" va Kongressga taqdim etishi kerak va kerak bo‘lsa, Rossiyaning musodara qilingan suveren aktivlari huquqlari va ulardan olingan va daromadlar […] Qo‘shma Shtatlar hukumatiga o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, SVO boshlanganidan keyin kollektiv G‘arb o‘zlarining barcha yozilgan va yozilmagan qonunlarini buzgan holda, Rossiya kompaniyalari va fuqarolarining taxminan 300 milliard dollar miqdoridagi aktivlarini, keyinchalik ularni musodara qilish, ya’ni o‘g‘irlash maqsadida, muzlatib qo‘ygan edi.
O‘sha paytdan boshlab, kuppa-kunduz kuni amalga oshirilgan o‘g‘irlikni, hech bo‘lmaganda uzoqdan qaraganda qonuniyga o‘xshash yo‘llarini izlash boshlandi. Ammo vaziyatning ochiqdan-ochiq qo‘polligi hatto eng rusofob mamlakatlarni ham xijolat qildi. Berlin, Parij va ayniqsa, yurisdiksiyasida Rossiya muzlatilgan aktivlarining eng katta hajmi (180 milliard yevrodan ortiq) bo‘lgan Brussel talonchilik tashabbuskori bo‘lishni va keyin barcha huquqiy va moliyaviy oqibatlarni o‘z zimmasiga olishni qat’iyan rad etdi. Yevropa Markaziy banki Yevrokomissiyani “bunday harakatlar butun dunyo bo‘ylab yevro obro‘siga putur yetkazishi va uning zaxira valyutasi sifatidagi mavqeyini zaiflashtirishi mumkinligi” haqida ogohlantirdi, Yevropa Komissiyasi o‘z navbatida “huquqiy to‘siqlar juda yuqori” ekanligini tan oldi va "Yevropa hukumatlari moliyaviy bozorlar uchun bunday qarorlar xavfidan xavotirda" ekanini bildirdi.
Ammo, hamma bir yo‘la ko‘zni yumib bir qarorga kelsa (ayniqsa ortingizdan AQSh tepkilar bilan "qo‘llab-quvvatlab" tursa), hamma narsani go‘yoki qonuniy qilib ko‘rsatish mumkin.
O‘g‘rilar ishni kichigidan boshlashdi: dastlab, Belgiya Ukrainani qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tuzib, u yerga 2022-2024 yillarda Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olingan foydadan 1,7 milliard yevro soliqlarni o‘tkazishni rejalashtirdi. Endi esa - AQSh Kongressining qarori. Shu bilan birga, Tokioda bo‘lib o‘tgan “Katta yettilik” tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishida “Ularning yurisdiksiyasida bo‘lgan Rossiya aktivlari Moskva jangovar harakatlar vaqtida Kiyevga yetkazilgan zarar uchun tovon to‘lashga rozi bo‘lmaguncha muzlatib qo‘yilishi” ma’lum qilindi. Bu hech qachon sodir bo‘lmaydi va ular buni bilishadi, demak, qonunsiz va sudsiz Rossiya mulkini musodara qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Rossiya tomonining G‘arb davlatlarining jinoiy iyerarxiyadagi o‘rni haqidagi fikrini Davlat Dumasi raisi Vacheslav Volodin aniq va oshkora bayon qildi:
"Katta yettilik mamlakatlari Rossiya Federatsiyasining muzlatilgan aktivlarini o‘g‘irlamoqchi ekanliklarini chin dildan tan olishdi. Ushbu munosabat bilan biz ham G7 davlatlarining Rossiyada muzlatib qo‘yilgan aktivlariga qarshi harakatlar uchun ma’naviy va huquqiy asoslarga egamiz", - deb e’lon qildi. (Ma’lumot uchun: bu miqdor kamida ikki baravar ko‘p.)
Rossiya bir necha bor va barcha darajalarda G‘arb talonchilarini mamlakatimiz bizning mulkimizni o‘g‘irlash eng og‘ir oqibatlarga olib kelishi haqida ogohlantirgan edi. Ammo, kim bilan ishlayotganimizni yaxshi bilgan mamlakat rahbariyati darhol javob choralarini ishlab chiqishga kirishdi.
Va bu choralarning vaqti keldi.
Birinchi qadam, G‘arbda muzlatilgan Rossiya rezidentlarining aktivlarini (asosan qimmatli qog‘ozlar) Rossiyada muzlatilgan G‘arb rezidentlarining aktivlariga almashtirish bo‘ladi. Hozircha gap 3,5 million Rossiya fuqarolarining 1,5 trillion rublga teng aktivlarini ozod qilish haqida bormoqda. Tegishli farmonni prezident 8-noyabr kuni imzolagan.
Bu ishda boshqa yo‘nalishlar ham bor, jumladan, Dmitriy Peskovning aytishiga ko‘ra, mutlaqo "aynan teng bo‘lmagan", ya’ni G‘arb uchun kutilmagan va og‘riqli choralar.
Bunga parallel ravishda, o‘g‘ri G‘arb o‘z firibgarligi oqibatlarini allaqachon his qila boshlagan. Yaqin vaqtgacha G‘arbning, birinchi navbatda, Qo‘shma Shtatlarning asosiy boyligi pul, oltin, depozitlar yoki biron bir moddiy narsa edi. Ularning asosiy boyligi — jamlangan kapital uchun "xavfsiz va himoyalangan boshpana" imidji edi.
Endi bo‘lsa, Volodinning so‘zlariga ko‘ra, "AQSh va uning yugurdaklari o‘z oyog‘iga o‘z uzishdi".
Qiziqarli misollar.
O‘g‘irlik haqidagi xabarlar arafasida xorijiy investorlar juda yaxshi ko‘radigan “sayyoradagi eng xavfsiz” AQSh davlat obligatsiyalarining daromadliligi 2023-yil 20-oktabr holatiga ko‘ra o‘tgan yilga nisbatan 42%ga kamaydi.
Dunyodagi eng yirik Norvegiya suveren jamg‘armasi 1,4 trillion dollar aktivlari bilan 2023-yilning uchinchi choragida 33,8 milliard dollar zarar ko‘rgani haqida xabar berdi. Bu holat ko‘p jihatdan Rossiya kabi o‘z mulki musodara qilinishidan qo‘rqqan ehtiyotkor xorijiy investorlarning G‘arb aksiyalariga qiziqishi pasayishi bilan bog‘liq.
Londonda hashamatli ko‘chmas mulk xarid qilish — o‘nlab yillar davomida butun dunyodan investorlarni o‘ziga jalb qilib kelayotgan edi. Bugun bo‘lsa London o‘rnini tezlik bilan Dubay va (surpriz!) Sochidagi ko‘chmas mulklar egallamoqda.
Shunday bo‘lishi oldindan ma’lum edi va bundan vaziyat faqat yomonlasha boradi.
Rossiya aktivlarini o‘g‘irlash — G‘arbning boylik uchun "xavfsiz boshpana", "xususiy mulk daxlsizligi" va "bozorning ko‘rinmas qo‘li" haqidagi yolg‘on afsonalarining ayanchli yakunidir.
Qo‘shma Shtatlar va uning vassallari Rossiyaga zarar yetkazish istagida o‘zlarining chirigan kichkina dunyosini o‘z qo‘llari bilan vayron qilishdi. Endi bizda faqat bitta yo‘l bor — yangi dunyo qurish.