Toshkentda “O‘zbekiston va Xitoy tabiat durdonalari” ko‘rgazmasi ochildi — foto

© Sputnik / Maxfuza GaffarovaToshkentda “O‘zbekiston va Xitoy tabiat durdonalari” ko‘rgazmasi ochildi
Toshkentda “O‘zbekiston va Xitoy tabiat durdonalari” ko‘rgazmasi ochildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2023
Obuna bo‘lish
Ko‘rgazmada o‘zbek va xitoy rassomlarining O‘zbekistonning eng noyob diqqatga sazovor joylari, tabiat hodisalari va hayvonot dunyosini aks ettirgan 40 dan ortiq kartinalari namoyish qilinadi.
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Bugun, 28-oktabr kuni O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida “Bir makon – bir yo‘l” tashabbusining 10-yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston va Xitoy tabiat durdonalari” O‘zbekiston-Xitoy madaniy almashinuvi ko‘rgazmasi ochildi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar bermoqda.
Ko‘rgazmada o‘zbek va xitoy rassomlarining O‘zbekistonning eng noyob diqqatga sazovor joylari, tabiat hodisalari va hayvonot dunyosini aks ettirgan 40 dan ortiq kartinalari namoyish qilinadi.
“Xitoyda bugungi kunda 18 millionga yaqin musavvirlar faoliyat yuritmoqda. Ular butun dunyoning ko‘plab davlatlarida bu kabi tadbirlarni o‘tkazishapti. Ko‘rgazmani O‘zbekistonda tashkil etilgani esa bu katta tarixiy voqeadir. Sababi, ko‘rgazma orqali, biz Xitoyning original, xaqiqiy asarlarini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rib, ulardan ko‘p narsa o‘rganamiz”, - deydi O‘zbekiston san’at arbobi, professor Ortiqali Qozoqov.
© Sputnik / Maxfuza GaffarovaV Tashkente otkrilas vistavka "Prirodnie shedevri Uzbekistana i Kitaya"
V Tashkente otkrilas vistavka Prirodnie shedevri Uzbekistana i Kitaya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2023
Ko‘rgazmani joriy yilning sentabr oyida o‘tkazish uchun ikki davlatning tajribali rassomlarining pleneri tashkil etildi. 20-sentabrdan 5-oktabrgacha bo‘lgan tadbirlar doirasida 20 nafar xitoylik professional rassom O‘zbekiston tabiati va an’analarini aks ettiruvchi asarlar yaratish uchun Toshkentga keldi. Plener davomida ijodkorlar Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida bo‘ldi.
© Sputnik / Maxfuza GaffarovaV Tashkente otkrilas vistavka "Prirodnie shedevri Uzbekistana i Kitaya"
V Tashkente otkrilas vistavka Prirodnie shedevri Uzbekistana i Kitaya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2023
© Sputnik / Maxfuza GaffarovaV Tashkente otkrilas vistavka "Prirodnie shedevri Uzbekistana i Kitaya"
V Tashkente otkrilas vistavka Prirodnie shedevri Uzbekistana i Kitaya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2023
O‘z navbatida, O‘zbekistondan 20 nafar rassom Xitoy tabiati, an’analari va diqqatga sazovor joylarini aks ettiruvchi durdona asarlar yaratish maqsadida Xitoyga bordi.
Yaratilgan san’at asarlari O‘zbekiston va Xitoyning nufuzli muzeylari va ko‘rgazma zallarida namoyish etiladi.
Ko‘rgazmada namoyish etiladigan rasmlarning bir qismi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti jamg‘armasiga sovg‘a qilinadi. Barcha ijodkorlar O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining sertifikatlari bilan taqdirlanadi.
© Sputnik / Maxfuza GaffarovaV Tashkente otkrilas vistavka "Prirodnie shedevri Uzbekistana i Kitaya"
V Tashkente otkrilas vistavka Prirodnie shedevri Uzbekistana i Kitaya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2023
Ko‘rgazma yakunida, 1-noyabr kuni o‘zbek rassomlari tomonidan yaratilgan kartinalarning bir qismi Xitoy hukumatiga topshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0