https://oz.sputniknews.uz/20231027/ozbekiston-tiv-falastin-isroil-mojarosini-40414014.html
O‘zbekiston TIV yana bir bor Falastin-Isroil mojarosini to‘xtatishga chaqirdi
O‘zbekiston TIV yana bir bor Falastin-Isroil mojarosini to‘xtatishga chaqirdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida BAA, Jazoir, Iordaniya, Kuvayt, Misr, Qatar, Falastin, Saudiya Arabistoni va Isroilning Toshkentdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari qabul qilindi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.Vazirning so‘zlariga ko‘ra, boshqa masalalar qatorida G‘azo sektoridagi mavjud vaziyat yuzasidan ham fikr almashilgan.
2023-10-27T18:38+0500
2023-10-27T18:38+0500
2023-11-01T14:50+0500
siyosat
o‘zbekiston
o‘zbekiston tiv
isroil
falastin
isroil-falastin mojarosi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0b/38780764_12:56:668:425_1920x0_80_0_0_1c3c60e60b4079c3f56b01571ac38560.jpg
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida BAA, Jazoir, Iordaniya, Kuvayt, Misr, Qatar, Falastin, Saudiya Arabistoni va Isroilning Toshkentdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari qabul qilindi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.Vazirning so‘zlariga ko‘ra, boshqa masalalar qatorida G‘azo sektoridagi mavjud vaziyat yuzasidan ham fikr almashilgan.O‘zbekiston TIV avvalroq ham Falastin-Isroil mojarosi tinch aholi orasida ko‘plab qurbonlarga olib kelgani va Yaqin Sharqdagi vaziyatni murakkablashtirganidan jiddiy xavotir bildirgan edi. Mamlakat tomonlarni qurolli qarama-qarshilikni tez fursatda tugatish va inqirozni diplomatik vositalar orqali hal qilishga chaqirgan. Shuningdek, O‘zbekiston G‘azo sektoridagi “Al-Ahli” kasalxonasiga uyushtirilgan havo hujumini qoralab, buni xalqaro gumanitar huquqning qo‘pol buzilishi deb hisoblashini bildirgan edi.
o‘zbekiston
falastin
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0b/38780764_38:0:642:453_1920x0_80_0_0_c056bdbe15a0d50e522eae0c5d9ea28c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston tiv falastin-isroil mojarosi bayonot
o‘zbekiston tiv falastin-isroil mojarosi bayonot
O‘zbekiston TIV yana bir bor Falastin-Isroil mojarosini to‘xtatishga chaqirdi
18:38 27.10.2023 (yangilandi: 14:50 01.11.2023) O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Falastin, Isroil va yana 7 ta mamlakatning Toshkentdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari qabul qilindi.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida BAA, Jazoir, Iordaniya, Kuvayt, Misr, Qatar, Falastin, Saudiya Arabistoni va Isroilning Toshkentdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari qabul qilindi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, boshqa masalalar qatorida G‘azo sektoridagi mavjud vaziyat yuzasidan ham fikr almashilgan.
“Biz yana bir bor barcha tomonlarni tinch aholi orasida minglab insonlar, jumladan, bolalar qurbon bo‘layotgan qurolli mojaroni to‘xtatishga, yechim topish uchun faqat diplomatik vositalar va xalqaro huquq meyorlaridan foydalanishga chaqiramiz”, — deyiladi xabarda.
O‘zbekiston TIV avvalroq ham Falastin-Isroil mojarosi tinch aholi orasida ko‘plab qurbonlarga olib kelgani va Yaqin Sharqdagi vaziyatni murakkablashtirganidan jiddiy xavotir
bildirgan edi. Mamlakat tomonlarni qurolli qarama-qarshilikni tez fursatda tugatish va inqirozni diplomatik vositalar orqali hal qilishga chaqirgan.
Shuningdek, O‘zbekiston G‘azo sektoridagi “Al-Ahli” kasalxonasiga uyushtirilgan havo hujumini qoralab, buni xalqaro gumanitar huquqning qo‘pol buzilishi deb hisoblashini
bildirgan edi.