YaIMning yuqori o‘sish sur’atini kelgusi yilda ham saqlab qolish imkoni bor — Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPri Prezidente Shavkate Mirziyoyeve obsujdeni ekonomicheskie itogi za 9 mesatsev tekushego goda.
Pri Prezidente Shavkate Mirziyoyeve obsujdeni ekonomicheskie itogi za 9 mesatsev tekushego goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2023
Obuna bo‘lish
Prognozlariga ko‘ra 2023-yilda O‘zbekistonda YaIm o‘sishi 5,6%ni tashkil qiladi va ushbu o‘sish sur’atini 2024-yilda ham saqlab qolish uchun kerakli zahiralar bor.
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 2023-yilning 9 oyida erishilgan iqtisodiy natijalar va 2024-yilga mo‘ljallangan makroiqtisodiy prognozlar muhokama qilindi.
Majlisda, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga muvofiq, 2024-yilda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish bo‘yicha ko‘plab maqsad va vazifalar belgilab olindi.
Hukumatga 2024-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturni mazkur strategiyadagi vazifalarni bajarish nuqtayi nazaridan puxta ishlab chiqish topshirildi.

Kelgusi yilda YaIMning hozirgi o‘sish suratlarini saqlab qolish uchun zahira va imkoniyatlar bor. Xususan, 2024-yilda 13 milliard dollarlik 300 dan ziyod loyihani ishga tushirish, energiya ta’minotini barqarorlashtirish, tarmoqlar samaradorligi oshirish hisobiga sanoatda 6 foiz o‘sish imkoniyati bor, - deyiladi xabarda.

Xizmatlar sohasida 15 foiz o‘sishni ta’minlash uchun transport, logistika, agro-xizmatlar, sug‘urta, lizing kabi yo‘nalishlardagi foydalanilmayotgan imkoniyatlarni to‘liq ishga solish zarurligi qayd etildi.
Prezident transport, suv xo‘jaligi, kommunal kabi sohalarda boshlangan islohotlarni faollashtirish, bunda aholi va biznesni qo‘llab-quvatlashga alohida ahamiyat qaratish zarurligini ta’kidladi.
Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston YaIMi ushbu yilning 9 oyda 5,8 %ga o‘sgan. Undan sanoat o‘sishi — 5,7%, qishloq xo‘jaligi— 4,1%, xizmatlar — 12,1%ni tashkil qilgan. Shuningdek, eksport 23,5% va foizga oshgan.
Xalqaro moiya tashkilotlari 2023-yilda O‘zbekiston milliy iqtisodiyoti yil yakunida kamida 5,6 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda.
Bunga respublikada yil davomida o‘zlashtirilgan 226,6 trln. so‘m investitsiyalar, shuningdek QQSning 15%dan 12%gacha kamaytirilishi hamda hududlar infratuzilmasini yaxshilashga 35 trillion so‘m, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga 19 trillion so‘m yo‘naltirilishi asos bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0