Muzliklarning erishi Amudaryo va Sirdaryo suvlarining 15 % kamayishiga olib kelishi mumkin
11:11 14.10.2023 (yangilandi: 11:24 16.10.2023)
© Mejparlamentskaya Assambleya gosudarstv — uchastnikov Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv “Tog‘li hududlarni barqaror rivojlantirish” xalqaro forumi
© Mejparlamentskaya Assambleya gosudarstv — uchastnikov Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv
Obuna bo‘lish
MDHga a’zo davlatlar Parlamentlararo assambleyasi qarorgohida “Tog‘li hududlarni barqaror rivojlantirish” xalqaro forumining yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Muzliklarning erishi Amudaryo va Sirdaryo suvlarining 10-15 foizga kamayishiga olib keladi. Bu haqda senator Boriy Alixanov ma’lum qildi.
MDHga a’zo davlatlar Parlamentlararo assambleyasi qarorgohida “Tog‘li hududlarni barqaror rivojlantirish” xalqaro forumining yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish va ekologiya masalalari qo‘mitasi raisi Bo‘riy Alixanov o‘z nutqida muzliklarning erishi muammosiga to‘xtaldi.
© Mejparlamentskaya Assambleya gosudarstv — uchastnikov Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv Senator Bo‘riy Alixonov
Senator Bo‘riy Alixonov
© Mejparlamentskaya Assambleya gosudarstv — uchastnikov Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv
"So‘nggi 20-25 yil ichida yozda yog‘ingarchilik miqdori sezilarli darajada kamaygan. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, har daqiqada to‘qqiz kvadrat metr hududning unumdor maydoni cho‘lga aylanadi. Bunday jarayonlarning global va xavfli oqibatlaridan biri ko‘p yillik muzliklarning intensiv erishi - so‘nggi 40-yil ichida muzlik massasining 30 foizi. Kelgusi o‘n yil ichida bu Amudaryo va Sirdaryo suvlarining 10-15 foizga kamayishiga olib keladi", — dedi Alixanov.
Uning qayd etishicha, 2027-yilda bo‘lib o‘tadigan Tog‘ sammitiga tayyorgarlikni boshlash kerak.
"Men tog‘ resurslarini boshqarish va ulardan foydalanish bo‘yicha kelishilgan siyosat va yagona qonunchilik platformasi bo‘yicha MDH PAning yagona pozitsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ishni hozirdan boshlashni taklif qilaman", — deya qo‘shimcha qildi senator.
© Mejparlamentskaya Assambleya gosudarstv — uchastnikov Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv MDH PA Kengashi Bosh kotibi Dmitriy Kobiskiy
MDH PA Kengashi Bosh kotibi Dmitriy Kobiskiy
© Mejparlamentskaya Assambleya gosudarstv — uchastnikov Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv
MDH PA Kengashi Bosh kotibi Dmitriy Kobiskiyning qayd etishicha, hududlarni barqaror rivojlantirish masalalari Assambleyaning qonun ijodkorligi faoliyatida ustuvor yo‘nalishlardan birini egallaydi.