Toshkentda Qatar tomonidan ta’sis etilgan global mukofotni topshirish marosimi o‘tkaziladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVizit emira Katara sheyx Tamima bin Xamad Al Tani v Uzbekistan.
Vizit emira Katara sheyx Tamima bin Xamad Al Tani v Uzbekistan. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2023
Obuna bo‘lish
Marosimga Qatar davlatining rahbariyati ham ishtirok etishi kutilmoqda.
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Toshkentda Qatar amiri tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishda erishilgan yutuqlar uchun ta’sis etilgan global mukofotning tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Bu mukofotni navbatdagi tantanali topshirish marosimi shu yilning oxrida Toshkentda o‘tkaziladi. Unda Qatar davlatining rahbariyati ham ishtirok etishi kutilayapti.
“Marosimning Toshkentda o‘tkazilishi bu oxirgi yillarda prezidentimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar, va umuman islohatlarning jahon hamjamiyati tomonidan ifodasi desak ham bo‘ladi”, — deydi Asadov.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning Qatarga tashrifi davomida O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida bir qator hujjatlar imzolandi. Ular orasida O‘zbekiston Korrupsiya qarshi kurashish agentligi va Qatar Ma’muriy nazorat va shaffoflik boshqarmasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi ham bor.
O‘zbekiston Qatar bilan korrupsiyaga qarshi kurashishda o‘zaro tajriba almashadi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2023
O‘zbekiston Qatar bilan korrupsiyaga qarshi kurashishda tajriba almashishga kelishib oldi
Yangiliklar lentasi
0