O‘zbekistonda ishdan olish va tayinlovlar — 4-sentabrdan 11-sentabrgacha
© SputnikPodpis dokumenta, arxivnoe foto
© Sputnik
Obuna bo‘lish
Sputnik o‘tgan haftada respublikaning turli idoralari va ta’lim muassasalarida amalga oshirilgan tayinlovlarni to‘pladi.
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. O‘tgan haftada Favqulodda vaziyatlar vazirligi va oliy ta’lim tizimida rahbarlar o‘zgardi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Ravshan Xaydarov Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan Kabul Berdiyev ushbu lavozimdan ozod etildi.
© Press-slujba MChS UzbekistanaRavshan Xaydarov
Ravshan Xaydarov
© Press-slujba MChS Uzbekistana
Xaydarov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
To‘rtta oliy o‘quv yurtiga yangi rektorlar, shuningdek, tarmoqlararo institutga ijrochi direktor tayinlandi.
Shahnoza Sultonova Toshkentdagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining ijrochi direktori etib tayinlandi. U texnika fanlari doktori, dotsent.
Shaxnoza Sultonova
Shaxnoza Sultonova
Ilhomjon To‘xtasinov O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori etib tayinlandi. U 2016-yildan Samarqand davlat chet tillar instituti rektori lavozimida ishlab kelgan.
© Ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiy UzbekistanaIlxomjon Tuxtasinov
Ilxomjon Tuxtasinov
© Ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiy Uzbekistana
Jahongir Qarshiboyev Guliston davlat pedagogika instituti rektori bo‘ldi. U lavozimga tayinlangunga qadar mazkur universitetda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor va boshqa lavozimlarda ishlagan. U biologiya fanlari doktori, dotsent.
© Ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiy UzbekistanaJaxongir Karshibayev
Jaxongir Karshibayev
© Ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiy Uzbekistana
Rivojiddin Karimov Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti rektori lavozimiga tayinlandi.
Shavkat Xasanov Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti rektori lavozimiga tayinlandi.