Akela xato qildi: Vashington “yomon odamlar” oldida o‘zini kamsitishga majbur

© AP Photo / Evelyn HocksteinPremyer-ministr Indii Narendra Modi i prezident SShA Djo Bayden na sammite G20 v Nyu-Deli 9-sentabrya 2023 goda.
Premyer-ministr Indii Narendra Modi i prezident SShA Djo Bayden na sammite G20 v Nyu-Deli 9-sentabrya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2023
Obuna bo‘lish
Nyu-Delidagi G20 sammiti Rossiya va Xitoy tanqidisiz, Ukraina muammosiga o‘ta vazmin munosabat ruhida o‘tdi. Nashrlar AQShning "qo‘rqitish mashinasi" buzilib qolgani haqida yozmoqda.
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Nyu-Delida G20 deklaratsiyasi qabul qilinishi bilanoq, AQSh da muzokaralar boshlandi. Qanday qilib yakuniy hujjatda — “Katta yigirmatalik” ning muqaddas qadahi”da Rossiyaga hujumlar yo‘q, Ukraina masalasi esa o‘ta vazminlik bilan tasvirlangan? Amerikalik delegatlar nima qilishdi va nima uchun Ukraina masalasi muhokama qilingan ikki yuz soat ichida ham ular Vashingtonning Rossiyaga qarshi pozitsiyasini tatbiq eta olmadilar?
Hujjatda na Rossiyani qoralash, na Rossiya qo‘shinlarini chiqarib tashlashga chaqiriqlar bor – faqat ular hududiy yaxlitlikni hurmat qilish zarurligi haqidagi umumiy iboralar. Chaqiriqlarni shunday talqin qilish ham mumkinki, Ukraina Qrim va yangi hududlar bilan Rossiyaning hududiy yaxlitligini hurmat qilishi kerak.
Amerika diplomatlari bahona qidirishni boshlashdi: ularning nuqtayi nazari bo‘yicha, “deklaratsiya yaxshi”. Ularning ingliz hamkasblari haqiqatdan shunchalik uzoqlashganki, “Politico” nashriga deklaratsiya “Putinni qo‘shinlarni olib chiqib ketishga va hududlarni Ukrainaga qaytarishga majbur qilishini” aytishgan. Yevropa rasmiylari norozi bo‘lishdi – agar ular hujjatni o‘zlari yozganlarida, hamma narsa butunlay boshqacha bo‘lar edi, lekin bu yerda kelishuv kerak edi, shuning uchun aybga buyurmaysiz.
Bu sust ritorika aniq haqiqatni yashira olmaydi: “Yigirmatalik” sammitida BRIKS ga a’zo davlatlar va ularga qo‘shilgan Global Janub vakillarining Ukraina ishi bo‘yicha umumiy fikri ustunlik qildi. Yakuniy deklaratsiyada aynan shu narsa o‘z aksini topdi.
Kollektiv G‘arb g‘arbiy bo‘lmagan ko‘pchilikning bu qarorini kamtarlik bilan qabul qilishga majbur bo‘ldi. Bu nafaqat Rossiyaning diplomatik g‘alabasi (garchi Rossiya diplomtlariga, albatta, olqishlar), bu shunchaki siyosiy, iqtisodiy, harbiy kuchlarning haqiqiy muvozanati jihatdan aks ettirilgan.
Chorak asr oldin “Katta yigirmatalik” “Katta yettilik” ning o‘ziga xos qo‘shimchasi sifatida paydo bo‘ldi. 90-yillarning oxirida global iqtisodiy inqiroz Global Janub va postsovet makonidagi mamlakatlarda milliardlab mablag‘larni yo‘qotdi, G7 esa bu inqirozdan katta foyda ko‘rdi. Rivojlanayotgan mamlakatlar bilan iqtisodiy muammolarni hal qilishni muhokama qilish g‘oyasi shu paytda paydo bo‘ldi. “Katta yettilik” dagi gigantlar yo‘nalish beradilar, qolganlari esa ularni hurmat bilan tinglaydilar va ko‘rsatmalariga amal qiladilar deb taxmin qilingan.
Bugun “Katta yigirmatalik” ichidagi munosabatlar 180 gradusga o‘zgargan. BRIKS mamlakatlari jahon yalpi ichki mahsulotidagi ulush bo‘yich va iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy rivojlanishda o‘sish tendensiyasida “Yettilik” ni ortda qoldirdi. G‘arb davlatlari tanazzulga yuz tutdi – tabiiyki, ular ham vaziyatga diplomatik ta’sir vositalarini yo‘qotmoqda.
Amerikalik jurnalistlar Nyu-Delidagi sammitda Narendra Modining yakkaxon ijrochi bo‘lganidan, AQSh prezidenti esa ortda qolib, vaqti-vaqti bilan suratga tushish uchun chiqib turganidan g‘azablanganlarini yashirishmayapti.
Sammitda qabul qilingan qarorlarning aksariyati ochiqchasiga Vashington manfaatlariga zid keladi va uning gegemonligidan qolgan qoldiqlarini yo‘q qiladi. Jahon Savdo Tashkilotini isloh qilish g‘oyasi uni Amerika ta’siridan tozalashga qaratilgan – betaraf ko‘rinadigan xalqaro tashkilot AQSh va Yevropa Ittifoqi tomonidan erkin savdo tamoyilining ochiqchasiga buzishiga ko‘z yumishi aqlga sig‘maydigan ish.
Hindistondan Yevropaga yangi transport koridori AQShni Yevropa Ittifoqi-Bharat munosabatlaridan chiqarib yuboradi. Afrika Ittifoqini “Yigirmatalik”ka taklif qilish Vashington uchun o‘z hamkasblariga bosim o‘tkazishni, ularni boykot va sanksiyalar bilan qo‘rqitishini yanada qiyinlashtiradi. Sobiq gegemon Rossiya va Xitoyni hammadan chetlatishga shunchalik harakat qildiki, o‘zi sezmagan holda quvg‘inga aylana boshladi.
Yevropaning “Politico” nashri jurnalistlari AQSh prezidenti sammitda jahon siyosatining “yomon odamlari” bilan muloqot qilishiga to‘g‘ri kelganini yashirin kinoya bilan qayd etishdi.
Liberal tilida Turkiya rahbari Rejep Erdog‘an va Saudiya Arabistoni rahbari Muhammad bin Salmonni shunday deyishadi. Ilgari hatto Hindiston Bosh vaziri ham “yomon odam” hisoblanardi: Amerikaning nufuzli OAVlari Narendra Modini “o‘ta o‘ng avtokrat” deb atagan va AQSh Davlat departamenti unga viza bermagan.
Ammo u vaqtlar o‘tib ketdi. Endi AQSh prezidenti “yomon odamlar” ga xushomadgo‘ylik qilishga majbur. Yevropalik sharhlovchilar avvalroq Muhammad bin Salmon bilan qo‘l berib ko‘rishishdan bosh tortgan Bayden (bir yil avval uchrashuvda faqat musht urishtirib qo‘yishgan) Nyu-Delida Saudiya shahzodasi bilan omma oldida qo‘l berib ko‘rishishga majbur bo‘lganiga jamoatchilik e’tiborini qaratdi. Qolaversa, ushbu qo‘l siqish – egasi huquqlarida - Narendra Modining o‘zi tomonidan muhrlandi.
Ammo zamonamizning ikki “yomon odami” - Vladimir Putin va Si Szinpin - sammitda yo‘q edi. Ammo ularga nisbatan hech qanday tanqid eshitilmadi. Amerika prezidenti go‘yo tahdid va haqoratlarini unutganga o‘xshardi va o‘zini hayratlanarli darajada vazmin tutdi. U Xitoy rahbariyati “Katta yigirmatalik” sammitini 2026-yilda AQSh da o‘tkazish g‘oyasini ma’qullamaganligi haqidagi mish-mishlarga ham izoh bermadi.
Xitoy rahbari haqida Baydendan roppa-rosa uchta so‘zni chiqarib olishga muvaffaq bo‘ldishdi. “Yaxshi bo‘lar edi”, – dedi u. Ya’ni, agar Si Szinpin Nyu-Delidagi sammitga kelganida, xursand bo‘lishini anglatadi. Bori shu — “uyg‘urlarga zulm” haqida, Tayvanga nisbatan provokatsiyalar haqida hech gap yo‘q.
Baydenning maslahatchisi Djeyk Sallivan esa jurnalistlarning nega Hindiston rahbariga inson huquqlari masalalari bo‘yicha da’vo qilmayotgani haqidagi savollariga javoban, u sammitga “jarima kartochkalarini berish uchun” kelmaganligini bildirdi.
Ammo Amerika rasmiylari o‘nlab yillar davomida jahon sahnasida aynan shu ish bilan shug‘illangan edilar – itoatsiz davlatlarga jazo qo‘llash, mustaqil rahbarlarni barcha gunohlarda ayblash, o‘zlarining qo‘l ostidagi OAV lari va notijorat tashkilotlari yordamida har qanday suveren siyosatchiga bosim o‘tkazishgan edi.
Nyu-Delida bu qo‘rqitish mashinasi buzilib qoldi va bu hammaning ko‘z o‘ngida sodir bo‘ldi. Hatto Vashingtonning yevropalik vassallari ham Akela xato qilganini sezib qolishdi. Ular o‘zlari xulosa chiqarib olishlariga umid qilinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0