O‘zbekistonda ayrim yovvoyi hayvonlarni uyda saqlash taqiqlanmoqda

© Sputnik / Mediabankka o‘tishSher, arxiv surat
Sher, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2023
Obuna bo‘lish
Endi aholi tomonidan ayrim turdagi yovvoyi hayvonlarning yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlanadi.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. O‘zbekistonda ayrim yovvoyi hayvonlarni uyda saqlash taqiqlanmoqda. Bu prezident tomonidan imzolangan O‘RQ–867-sonli qonunda nazarda tutilgan.
Qonun bilan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritildi
Unga ko‘ra, aholi tomonidan ayrim turdagi yovvoyi hayvonlarning yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlanadi.
Mazkur hayvonlarning ro‘yxati hamda ularni yuridik shaxslar (tashkilotlar) saqlashi tartibi Hukumat tomonidan belgilanadi.
Yovvoyi hayvonlar o‘zbekcha qanday atalishini bilasizmi?
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan kuchga kiradi.
Sher bolalari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2023
Yovvoyi hayvonlarni uyda saqlash taqiqlanishi kutilmoqda — ro‘yxat
Yangiliklar lentasi
0