Yashillik, qulaylik va tejamkorlik: Mirziyoyev Yangi Toshkentning bosh rejasi bilan tanishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s genplanom Novogo Tashkenta
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s genplanom Novogo Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2023
Obuna bo‘lish
Yangi Toshkent “aqlli” va “bog‘ shahar” bo‘lishi nazarda tutilmoqda. Buning uchung 420 gektar maydonda markaziy bog‘, sun’iy kanallar va ko‘llar tashkil etiladi.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-sentabr kuni "ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasida Yangi Toshkent shahrining bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi.
Yangi Toshkent uchun Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlaridan 19 ming 720 gektar yer tanlab olingan. Birinchi bosqichda 2,5 ming gektarda 100 ming aholi uchun uy-joylar va infratuzilma obyektlari qurish rejalashtirilgan.
"Loyihada yashillik, qulaylik va tejamkorlikka alohida e’tibor qaratilgan, faol iqtisodiyot va ijtimoiy hayot uyg‘unlashtirilgan, transport tarmoqlari poytaxtimiz bilan oqilona bog‘langan", - deyiladi xabarda.
Ma’muriy markazda davlat idoralari, Yangi O‘zbekiston universiteti, kutubxona, tarix muzeyi, madaniyat saroylari joylashadi. Shuningdek, shaharda ishbilarmonlik va innovatsiya tumanlari, ta’lim, tibbiyot va turizm klasterlari bo‘ladi.
Umuman aytganda, Yangi Toshkent “aqlli” va “bog‘ shahar” bo‘lishi nazarda tutilmoqda. <...> 420 gektar maydonda markaziy bog‘, mavzelar orasida sun’iy kanal va ko‘llar, Chirchiq va Qorasuv darolari bo‘yida sayilgohlar tashkil qilinib, odamlarning dam olishi uchun so‘lim sharoitlar yaratiladi.
Yangi Toshkent loyihasi Singapur, Angliya, Xitoy, Germaniya, Turkiya, Niderlandiya, Janubiy Koreya, BAA kabi davlatlarning 20 ta ilg‘or kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilmoqda.

"O‘ttiz ikki yillik mustaqil tariximizda birinchi marta bunday shahar qurayapmiz, bunga dunyodagi ilg‘or kompaniyalarni jalb qilayapmiz. Lekin bizdagi sohalar, standartlar shunga mosmi", - deya savol qo‘ydi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, prezident yangi shahar loyihasi zamonaviy loyihalar bilan hamohang bo‘lishi, loyihani shoshmasdan amalga oshirish zarurligi v u kelajak loyihalar uchun "maktab" bo‘lishi kerakligini alohida ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Yangi Toshkent loyihasi bo‘yicha prezident qarori 2023-yil 20-iyulda qabul qilingan edi. Unga muvofiq, Yangi Toshkentni barpo etish ishlarini muvofiqlashtiruvchi kengash tuzildi hamda direksiya tashkil etildi. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida bu loyihaga mas’ul o‘rinbosar lavozimi joriy qilindi.
Yangiliklar lentasi
0