https://oz.sputniknews.uz/20230904/tashqi-reklamani-monitoring-qilish-tizimi-ishga-tushadi-38565254.html
Tashqi reklamani monitoring qilish tizimi ishga tushadi
Tashqi reklamani monitoring qilish tizimi ishga tushadi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda tashqi reklama va ijtimoiy axborot aylanish sohasidagi munosabatlar takomillashtiriladi. 04.09.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-09-04T22:13+0500
2023-09-04T22:13+0500
2023-09-05T12:03+0500
iqtisod
reklama
yangi qonun
toshkent
vazirlar mahkamasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/07/27855422_0:110:3249:1938_1920x0_80_0_0_095078e84d75b62728b84a5241514a40.jpg
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. O‘zbekistonda Tashqi reklamani raqamli monitoring qilish tizimi ishga tushadi. Bu haqida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qildi, deb xabar qilmoqda O‘zA. Qarorga muvofiq, 2023-yil 1-dekabrdan boshlab tashqi reklama bozori ishtirokchilari uchun “Tashqi reklama” raqamli monitoring elektron tizimi joriy etiladi. “Tashqi reklama” tizimida, xususan, quyidagilar belgilanadi: Undan tashqari, 2023-yil 1-dekabrdan boshlab ijara haqining stavkalari bir kvadrat metr uchun Toshkent shahrida bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ma’muriy markazlarida 10 foizi hamda boshqa hududlarda 7 foizi miqdorida belgilanadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/07/27855422_259:0:2990:2048_1920x0_80_0_0_fcf8cbe06d7388a0d10cb90e8555a37e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, reklama, yangi qonun, toshkent, vazirlar mahkamasi
iqtisod, reklama, yangi qonun, toshkent, vazirlar mahkamasi
Tashqi reklamani monitoring qilish tizimi ishga tushadi
22:13 04.09.2023 (yangilandi: 12:03 05.09.2023) O‘zbekistonda tashqi reklama va ijtimoiy axborot aylanish sohasidagi munosabatlar takomillashtiriladi.
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. O‘zbekistonda Tashqi reklamani raqamli monitoring qilish tizimi ishga tushadi. Bu haqida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qildi, deb
xabar qilmoqda O‘zA.
Qarorga muvofiq, 2023-yil 1-dekabrdan boshlab tashqi reklama bozori ishtirokchilari uchun “Tashqi reklama” raqamli monitoring elektron tizimi joriy etiladi.
“Tashqi reklama” tizimida, xususan, quyidagilar belgilanadi:
2023 yil 1-dekabrga qadar tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) xatlovdan o‘tkaziladi va ular ustidan doimiy nazorat o‘rnatiladi.
Davlat mulki bo‘lgan yer uchastkalarida va binolarda reklama joylari ommaviy oferta shaklida “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali sotiladi. Auksion g‘olibi bilan alohida ijara shartnomasi tuzilmaydi;
Xususiy, ijaraga berilgan yoki nodavlat tashkilotlarga tegishli bo‘lgan yer uchastkalari, bino va inshootlarida hamda transport vositalarida reklama joylashtirish huquqini beruvchi Reklama joyining pasporti YaIDXP axborot tizimi orqali beriladi;
Reklama joyi pasportlarining amal qilish muddati davlat mulki bo‘lgan bino va inshootlar uchun 2024-yil 1-dekabrgacha va yer uchastkalari uchun 2030-yil 1-dekabrgacha etib belgilanadi.
Undan tashqari, 2023-yil 1-dekabrdan boshlab ijara haqining stavkalari bir kvadrat metr uchun Toshkent shahrida bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ma’muriy markazlarida 10 foizi hamda boshqa hududlarda 7 foizi miqdorida belgilanadi.