https://oz.sputniknews.uz/20230901/kimlar-ozbekiston-rahbari-mustaqillik-kuni-38473449.html
Kimlar O‘zbekiston rahbarini Mustaqillik kuni qutladi
Kimlar O‘zbekiston rahbarini Mustaqillik kuni qutladi
Sputnik O‘zbekiston
Davlat mustaqilligining 32-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, taniqli siyosat, jamoat va din arboblaridan tabriklar kelmoqda.
2023-09-01T08:27+0500
2023-09-01T08:27+0500
2023-09-01T11:18+0500
siyosat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
tabrik
mustaqillik kuni
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/1f/38470643_297:112:1280:665_1920x0_80_0_0_bf4ba1a98c311b2299991a9e15d087b6.jpg
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Davlat mustaqilligining 32-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, taniqli siyosat, jamoat va din arboblaridan tabriklar kelmoqda.Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.Xorijiy hamkorlar o‘z qutlovlarida keyingi yillarda demokratik yangilanishlar va milliy taraqqiyot yo‘lidagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturini amalga oshirishda, mamlakatning xalqaro maydondagi o‘rni va obro‘sini yuksaltirishda erishilgan ulkan muvaffaqiyatlarni alohida qayd etgan.Ta’kidlanganidek, yaqinda bo‘lib o‘tgan muhim siyosiy voqea – yangilangan Konstitutsiyaning qabul qilingani xalq Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan ortga qaytmas islohotlarni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlayotganidan dalolatdir.Tabriknomalarda davlat rahbariga yangi muvaffaqiyatlar hamda O‘zbekiston xalqiga tinchlik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan.Xususan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Xitoy raisi Si Szinpin, AQSh prezidenti Jozef Bayden, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Qozog‘iston prezidenti Qasim- Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Hindiston prezidenti Draupadi Murmu, Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud, BAA prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon, Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Eron prezidenti Said Ibrohim Raisiy, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban va boshqalar.Qutlovlar kelishda davom etmoqda.To‘liq ro‘yxat quyida.
https://oz.sputniknews.uz/20230831/vladimir-putin-shavkat-mirziyoevni-mustaqillik-kuni-bilan-tabrikladi-38466149.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/1f/38470643_422:62:1280:706_1920x0_80_0_0_78f0dd4bd115895220ecdf88568f8891.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston mustaqillik kuni shavkat mirziyoyev tabrik
o‘zbekiston mustaqillik kuni shavkat mirziyoyev tabrik
Kimlar O‘zbekiston rahbarini Mustaqillik kuni qutladi
08:27 01.09.2023 (yangilandi: 11:18 01.09.2023) Dunyo yetakchilari Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32-yilligi bilan qutlamoqda.
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Davlat mustaqilligining 32-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, taniqli siyosat, jamoat va din arboblaridan tabriklar kelmoqda.Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar berdi. Xorijiy hamkorlar o‘z qutlovlarida keyingi yillarda demokratik yangilanishlar va milliy taraqqiyot yo‘lidagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturini amalga oshirishda, mamlakatning xalqaro maydondagi o‘rni va obro‘sini yuksaltirishda erishilgan ulkan muvaffaqiyatlarni alohida qayd etgan.
Ta’kidlanganidek, yaqinda bo‘lib o‘tgan muhim siyosiy voqea – yangilangan Konstitutsiyaning qabul qilingani xalq Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan ortga qaytmas islohotlarni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlayotganidan dalolatdir.
Tabriknomalarda davlat rahbariga yangi muvaffaqiyatlar hamda O‘zbekiston xalqiga tinchlik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan.
Xususan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Xitoy raisi Si Szinpin, AQSh prezidenti Jozef Bayden, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Qozog‘iston prezidenti Qasim- Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Hindiston prezidenti Draupadi Murmu, Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud, BAA prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon, Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Eron prezidenti Said Ibrohim Raisiy, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban va boshqalar.
Qutlovlar kelishda davom etmoqda.