https://oz.sputniknews.uz/20230830/endi-kochmas-mulkni-royxatdan-otkazishda-nizolar-sudga-qadar-hal-qilinadi-38396523.html
Endi ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishda nizolar sudga qadar hal qilinadi
Endi ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishda nizolar sudga qadar hal qilinadi
Sputnik O‘zbekiston
Hukumat qarori bilan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
2023-08-30T15:11+0500
2023-08-30T15:11+0500
2023-08-30T15:11+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qaror
ko‘chmas mulk
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1f/37420122_0:320:3072:2048_1920x0_80_0_0_54e47708aedf134ad2ecb3dd52b44b27.jpg
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishda nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi belgilandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.Hukumat qarori bilan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.Komissiya murojaatni kelib tushgan kundan e’tiboran 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqishi shart (murojaatlar soni bir yoki bir nechta bo‘lishidan qat’i nazar).Manfaatdor shaxs yoki uning qonuniy vakili murojaatlar ko‘rib chiqilishida ishtirok etish huquqiga ega. Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinadi.Manfaatdor shaxs Komissiya qaroridan norozi bo‘lsa, qarorni olgan kundan boshlab 2 oy muddatda apellyatsiya komissiyasiga murojaat qiladi. Shunga ko‘ra, Apellyatsiya komissiyasi murojaatni 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi.Manfaatdor shaxs Komissiya va apellyatsiya komissiyasi qarorlaridan norozi bo‘lgan holatlarda belgilangan muddatlarda sudga shikoyat qilishi mumkin.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1f/37420122_435:177:2929:2048_1920x0_80_0_0_81eb6fd06f9a206e3bea4054e15f12e4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ko‘chmas mulk
Endi ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishda nizolar sudga qadar hal qilinadi
Hukumat qarori bilan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishda nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi belgilandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali
xabar berdi. Hukumat qarori bilan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, manfaatdor shaxs ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda Davlat kadastrlari palatasi mas’ul xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilib, Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yuzaga keladigan nizolarni ko‘rib chiquvchi komissiyaga yozma yoki Davlat kadastrlari palatasi rasmiy veb-sayti orqali elektron murojaat qilishi mumkin.
Komissiya murojaatni kelib tushgan kundan e’tiboran 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqishi shart (murojaatlar soni bir yoki bir nechta bo‘lishidan qat’i nazar).
Manfaatdor shaxs yoki uning qonuniy vakili murojaatlar ko‘rib chiqilishida ishtirok etish huquqiga ega. Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinadi.
Manfaatdor shaxs Komissiya qaroridan norozi bo‘lsa, qarorni olgan kundan boshlab 2 oy muddatda apellyatsiya komissiyasiga murojaat qiladi. Shunga ko‘ra, Apellyatsiya komissiyasi murojaatni 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi.
Manfaatdor shaxs Komissiya va apellyatsiya komissiyasi qarorlaridan norozi bo‘lgan holatlarda belgilangan muddatlarda sudga shikoyat qilishi mumkin.