O‘zbekistonda 78 foiz o‘lim holatlari qaysi xastaliklar bilan bog‘liq — shifokor javobi

© Fotolia / Photographee.euShifoxonada davolanayotgan ayol.
Shifoxonada davolanayotgan ayol. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2023
Obuna bo‘lish
Shifokor sog‘lom turmush tarziga amal qilishning 4 ta asosiy usulini ma’lum qildi.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. O‘zbekistonda 78 foiz o‘lim holatlari noinfeksion xastaliklar bilan bog‘liq. Bu haqda tibbiyot fanlari doktori Shuhrat Ergashev ma’lum qildi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, inson salomatligi 55 foiz holatda sog‘lom turmush tarziga bog‘liq.
Ortiqcha vazn yoki biror yondosh kasalliklari bor, sog‘lig‘iga yetarlicha e’tibor bermaydigan kishilarda har qanday kasallik og‘ir kechadi. Aksincha, immuniteti kuchli, sog‘lom turmush tarziga amal qiluvchi insonlar, yoshidan qat’iy nazar, xastalikni tez va oson yengib o‘tadi.
Sog‘lom turmush tarziga amal qilmaslik noinfeksion kasalliklarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Bular:
yurak-qon tomir;
qandli diabet;
onkologik;
nafas yo‘llari xastaliklari.
“O‘zbekistonda 78 foiz o‘lim holatlari ayni shu xastaliklar bilan bog‘liq”, deydi shifokor.
Shifokor yuqumli bo‘lmagan xastaliklarga chalinmaslik uchun birinchi navbatda to‘g‘ri hayot tarzini yo‘lga qo‘yish kerakligini ma’lum qildi.
Sog‘lom turmush tarziga amal qilishning 4 ta asosiy usuli mavjud:
to‘g‘ri ovqatlanish;
jismoniy faollik;
ruhiy salomatlik;
zararli odatlardan voz kechish.
“Qachonki, xalqimiz ongli ravishda o‘z istagi bilan sog‘lom turmush tarzi qoidalariga amal qilishga odatlansa, uni hayotini bir bo‘lagi sifatida qarasagina samarali natijaga erishish mumkin”, deya qo‘shimcha qildi u.
Eng foydali sabzavotlar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2023
Bu qiziq
Har kuni iste’mol qilish kerak bo‘lgan 10 ta sabzavotni bilasizmi?
Yangiliklar lentasi
0