Toshkent — Doxa to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlari yo‘lga qo‘yildi

© Foto : Uzbekistan airports"Centrum Air" aviakompaniyasi Toshkent va Doxa shaharlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘ladi.
Centrum Air aviakompaniyasi Toshkent va Doxa shaharlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘ladi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2023
Obuna bo‘lish
"Centrum Air" Toshkent va Qatar poytaxtini 21-avgust kuni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘ladi.
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Toshkentdan Doxaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yildi, deya xabar berdi "Uzbekistan airports".
"Centrum Air" Toshkent va Qatar poytaxti Doxa shaharlarini 21-avgust kuni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘ladi.

“Toshkent — Doxa yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlari haftada bir marta Airbus A320 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan”, - deyiladi xabarda.

"Centrum Air" — shtab-kvartirasi Toshkentda joylashgan, 2023-yil yanvar oyida yo‘lovchi reyslarini amalga oshirishga ruxsat olgan O‘zbekiston loukoster aviakompaniyasidir. Bugungi kunga qadar aviatashuvchi parkida uchta Airbus A320 va bitta Boeing-747 samolyoti mavjud.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Qatar Airways" aviakompaniyasi Doxadan Toshkentga muntazam parvozlarni boshlashi ma’lum qilingandi. Qatarning O‘zbekistondagi elchisi Hasan Hamza Asad Muhammad Hoshimning aytishicha, "Qatar Airways" aviakompaniyasi Doxa – Toshkent – Doxa yo‘nalishida aviaqatnovlarni amalga oshirish bo‘yicha kompaniya ichki tartiblarini ishlab chiqmoqda.
Yangiliklar lentasi
0