https://oz.sputniknews.uz/20230811/energetika-tizimi-rfavqulodda-rejim-prezident-37770730.html
Energetika tizimi rahbarlari bugundan favqulodda rejimga o‘tadi – prezident
Energetika tizimi rahbarlari bugundan favqulodda rejimga o‘tadi – prezident
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi yig‘ilishda energetika kompleksi rahbarlari va hokimlarga tizimning barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan qator topshiriqlar berdi. Mas’ul rahbarlar kuz-qish mavsumida energetika tizimining barqaror ishlashini ta’minlash uchun bugundan boshlab favqulodda rejimga o‘tadi
2023-08-11T16:53+0500
2023-08-11T16:53+0500
2023-08-11T16:53+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
energetika
elektr energiyasi
energetika vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/0b/37770551_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_ce79ed16feba5461222c6777e9d065f3.jpg
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi yig‘ilishda energetika kompleksi rahbarlari va hokimlarga tizimning barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan qator topshiriqlar berdi.Ikkinchi yarim yillikda 30 milliard kub metr gaz qazib chiqarish va 41 milliard kilovatt soat elektr ishlab chiqarish, ularni iste’molchilarga uzluksiz yetkazib berish, yer osti gaz omborlarida gaz zaxirasini kamida 3,5 milliard kub metrga yetkazish topshirildi.1 oktabrgacha 1 ming 100 kilometr tarmoqlar va 402 ta transformatorni ta’mirlash ishlarini to‘liq yakunlash vazifasi qo‘yildiAholining talabini to‘liq qoplash uchun hududlarga qo‘shimcha 35 ming dona gaz ballonlarini yetkazib berish, kuz-qish mavsumida aholi va ijtimoiy soha obyektlarini 335 ming tonna suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlash topshirildi.Yil yakuniga qadar 400 ming tonna benzin ishlab chiqarish va 120 ming tonna import qilish zarurligi ta’kidlandi.“Mas’ul rahbarlar kuz-qish mavsumida energetika tizimining barqaror ishlashini ta’minlash uchun bugundan boshlab favqulodda rejimga o‘tadi”, - deyiladi davlat rahbari matbuot kotibi xabarida.Energetika kompleksi rahbariyati viloyat hokimlari va tarmoq rahbarlari bilan birgalikda yil yakuniga qadar 3,7 milliard kilovatt soat elektr va 2,4 milliard kub metr gazni iqtisod qilish choralarini ko‘radi.Ijtimoiy soha obyektlari va davlat idoralarida, tadbirkorlik obyektlarida yana 250 megavatt quyosh panellarini o‘rnatish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/0b/37770551_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_bcef886ea5840ca219a7b673a16acf97.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
energetika tizimi rahbarlari favqulodda rejim
energetika tizimi rahbarlari favqulodda rejim
Energetika tizimi rahbarlari bugundan favqulodda rejimga o‘tadi – prezident
Aholining talabini to‘liq qoplash uchun hududlarga qo‘shimcha 35 ming dona gaz ballonlarini yetkazib berish, kuz-qish mavsumida aholi va ijtimoiy soha obyektlarini 335 ming tonna suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlash topshirildi.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi yig‘ilishda energetika kompleksi rahbarlari va hokimlarga tizimning barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan qator topshiriqlar berdi.
Ikkinchi yarim yillikda 30 milliard kub metr gaz qazib chiqarish va 41 milliard kilovatt soat elektr ishlab chiqarish, ularni iste’molchilarga uzluksiz yetkazib berish, yer osti gaz omborlarida gaz zaxirasini kamida 3,5 milliard kub metrga yetkazish topshirildi.
1 oktabrgacha 1 ming 100 kilometr tarmoqlar va 402 ta transformatorni ta’mirlash ishlarini to‘liq yakunlash vazifasi qo‘yildi
Aholining talabini to‘liq qoplash uchun hududlarga qo‘shimcha 35 ming dona gaz ballonlarini yetkazib berish, kuz-qish mavsumida aholi va ijtimoiy soha obyektlarini 335 ming tonna suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlash topshirildi.
Yil yakuniga qadar 400 ming tonna benzin ishlab chiqarish va 120 ming tonna import qilish zarurligi ta’kidlandi.
“Mas’ul rahbarlar kuz-qish mavsumida energetika tizimining barqaror ishlashini ta’minlash uchun bugundan boshlab favqulodda rejimga o‘tadi”, - deyiladi davlat rahbari matbuot kotibi
xabarida.Energetika kompleksi rahbariyati viloyat hokimlari va tarmoq rahbarlari bilan birgalikda yil yakuniga qadar 3,7 milliard kilovatt soat elektr va 2,4 milliard kub metr gazni iqtisod qilish choralarini ko‘radi.
Ijtimoiy soha obyektlari va davlat idoralarida, tadbirkorlik obyektlarida yana 250 megavatt quyosh panellarini o‘rnatish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.