https://oz.sputniknews.uz/20230810/moskva-tomon-uchgan-2-ta-jangovar-dron-urib-tushirildi-37724613.html
Moskva tomon uchgan 2 ta jangovar dron urib tushirildi
Moskva tomon uchgan 2 ta jangovar dron urib tushirildi
Sputnik O‘zbekiston
Moskva tomon uchgan 2 ta jangovar dron urib tushirildi
2023-08-10T09:36+0500
2023-08-10T09:36+0500
2023-08-10T09:36+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya
ukraina
sergey sobanin
dron
rossiya mudofaa vazirligi
moskva
moskva viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/19/35321330_0:88:3072:1816_1920x0_80_0_0_0ac9820683e70907c8c1f7057822c2e1.jpg
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Havo hujumidan mudofaa tizimlari Kaluga viloyatida va Markaziy halqa yo‘li hududida ikkita dronni urib tushirdi, deb xabar berdi poytaxt meri Sergey Sobanin o‘zining Telegram-kanalida.Ushbu holat yuzasidan Mudofaa vazirligi ham bayonot berdi. Unga ko‘ra, Kaluga va Moskva viloyatlari, shuningdek, Sevastopol shahri hududida Kiyev rejimining pilotsiz uchar apparatlari yordamida teraktlar uyushtirishga urinishlari bartaraf etildi.Moskva shahri yo‘nalishi bo‘yicha uchgan ikkita dron Kaluga viloyatining Maloyaroslavskiy tumani va Moskva viloyatining Odinsovo tumani hududi osmonida havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan yo‘q qilindi. Sevastopol shahri yaqinida ikkita dron navbatchi havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan urilgan, yana 9 tasi elektron kurash tizimi bilan bostirilgan va ular nishonga etib bormay, Qora dengizga qulagan.To‘xtatilgan terror hujumlari natijasida qurbonlar va vayronalar yo‘q.Bu Ukraina Qurolli kuchlarining poytaxt hududiga pilotsiz uchar apparatlar bilan zarba berishga birinchi urinishi emas. 6-avgust kuni Mudofaa vazirligi Moskva viloyatining Podolsk tumanida havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan Ukraina droni yo‘q qilingani haqida xabar berdi. 1-avgustga o‘tar kechasi Kiyev rejimi Moskva va Moskva viloyatidagi obyektlarga uchta dron bilan hujum qilishga urindi. Ikkita dron Odinsovo va Naro-Fominsk tumanlari ustida havo hujumi mudofaa tizimi yordamida yo‘q qilindi, biri elektron kurash tizimi bilan bostirildi, dron “Moskva Siti” osmono‘par binosiga quladi.
ukraina
moskva viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/19/35321330_137:0:2868:2048_1920x0_80_0_0_ac793b8c6433a931b8a6476ae2b40d41.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
moskva tomon uchgan 2 ta jangovar dron urib tushirildi svo
moskva tomon uchgan 2 ta jangovar dron urib tushirildi svo
Moskva tomon uchgan 2 ta jangovar dron urib tushirildi
Havo hujumidan mudofaa tizimlari Kaluga viloyatida va Markaziy halqa yo‘li hududida ikkita dronni urib tushirdi — Sobanin.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Havo hujumidan mudofaa tizimlari Kaluga viloyatida va Markaziy halqa yo‘li hududida ikkita dronni urib tushirdi, deb xabar berdi poytaxt meri Sergey Sobanin o‘zining Telegram-kanalida.
Ushbu holat yuzasidan Mudofaa vazirligi ham bayonot berdi. Unga ko‘ra, Kaluga va Moskva viloyatlari, shuningdek, Sevastopol shahri hududida Kiyev rejimining pilotsiz uchar apparatlari yordamida teraktlar uyushtirishga urinishlari bartaraf etildi.
Moskva shahri yo‘nalishi bo‘yicha uchgan ikkita dron Kaluga viloyatining Maloyaroslavskiy tumani va Moskva viloyatining Odinsovo tumani hududi osmonida havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan yo‘q qilindi. Sevastopol shahri yaqinida ikkita dron navbatchi havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan urilgan, yana 9 tasi elektron kurash tizimi bilan bostirilgan va ular nishonga etib bormay, Qora dengizga qulagan.
To‘xtatilgan terror hujumlari natijasida qurbonlar va vayronalar yo‘q.
Bu Ukraina Qurolli kuchlarining poytaxt hududiga pilotsiz uchar apparatlar bilan zarba berishga birinchi urinishi emas. 6-avgust kuni Mudofaa vazirligi Moskva viloyatining Podolsk tumanida havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan Ukraina droni yo‘q qilingani haqida xabar berdi. 1-avgustga o‘tar kechasi Kiyev rejimi Moskva va Moskva viloyatidagi obyektlarga uchta dron bilan hujum qilishga urindi. Ikkita dron Odinsovo va Naro-Fominsk tumanlari ustida havo hujumi mudofaa tizimi yordamida yo‘q qilindi, biri elektron kurash tizimi bilan bostirildi, dron “Moskva Siti” osmono‘par binosiga quladi.