Og‘ir atletika: o‘zbekistonlik sportchilar yana sovrindorlar qatoridan joy olishdi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaO‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar yana sovrindorlar qatoridan joy olishdi
O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar yana sovrindorlar qatoridan joy olishdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2023
Obuna bo‘lish
Osiyo chempionatida Madinabonu Jo‘rayeva 3-o‘rin, Asalxon Rajabova esa 5-o‘rinnni egalladi.
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar yana sovrindorlar qatoridan joy olishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Hindistonda og‘ir atletika bo‘yicha qit’a birinchiligi o‘tkazilmoqda. Unda -64 kg vazn toifasida kechgan bahslarda Madinabonu Jo‘rayeva va Asalxon Rajabova O‘zbekiston sharafini himoya qilishdi.
© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaO‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar yana sovrindorlar qatoridan joy olishdi
Tajeloatleti snova v chisle medalistov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2023
O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar yana sovrindorlar qatoridan joy olishdi
Yoshlar toifasida qatnashgan Jo‘rayeva dast ko‘tarishda 85 kg, siltab ko‘tarishda 105 kg hamda ikkikurashda 190 kg bilan barcha dasturda 3-o‘rnini egalladi.
O‘smir qizlar bahsida esa Rajabova dast ko‘tarish mashqini 77 kg bilan yakunlab, ushbu dasturda bronza medalini qo‘lga kiritdi. Sportchi siltab ko‘tarishda 90 kg va ikki kurash natijasiga ko‘ra 167 kg bilan 5-o‘rindan joy oldi.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionatining 31-iyul kuni o‘tkazilgan bahslarida sportchilar 2 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medallarini jamg‘arishdi. Chempionatnning 30-iyuldagi bahslarida esa O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallariga ega chiqdi.
Yangiliklar lentasi
0