https://oz.sputniknews.uz/20230720/aqsh-15-yoshli-ozbekistonlik-otishma-37014053.html
AQShda 15 yoshli o‘zbekistonlik o‘smir otishmada vafot etdi
AQShda 15 yoshli o‘zbekistonlik o‘smir otishmada vafot etdi
Sputnik O‘zbekiston
15 yoshli Faridun Mavlonovning oilasi 12-yil avval AQShga ko‘chib borgan. Mavlonov professional UFC jangchisi bo‘lishni orzu qilgan va Jeyms Medison o‘rta maktabi o‘quvchisi bo‘lgan.O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirib, mamlakatning Nyu-Yorkdagi konsulligi bu borada mahalliy hokimiyat organlari bilan aloqada ekanini ma’lum qilgan.
2023-07-20T14:44+0500
2023-07-20T14:44+0500
2023-07-20T15:24+0500
aqsh
otishma
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/0c/22157922_0:104:2000:1229_1920x0_80_0_0_f2c9347e36dc5afa8c64792952cc97ed.jpg
TOShKENT, 20-iyul – Sputnik. AQShning Bruklin shahrida 15 yoshli o‘zbekistonlik bola otishmada halok bo‘ldi. Otishma uyushtirgan 17 yoshli o‘smir voqea joyidan yashiringan, deya xabar bermoqda "New York Times" nashri.17 iyul kuni soat 13:00 atrofida yetti nafar bola boshqa bir guruh bolalar bilan ro‘baro‘ kelgan. O‘smirlardan biri boshqa bir bola bilan janjallashmoqchi bo‘lgan. Ikki guruh talabalari Franklin Delano Ruzvelt o‘rta maktabida tahsil olgan va bir-birini tanigan.Politsiya xabariga ko‘ra, ikki guruh a’zolari do‘pposlashib, orani ochiq qilmoqchi bo‘lgan. Ikkinchi guruh vakili, 17 yoshli bola ko‘chaning narigi tomonidan guruh bo‘lib turgan bolalarga qurol chiqarib o‘q uzgan. 15 yoshli Faridun Mavlonovning yelkasiga o‘q tekkan va og‘ir ahvolda Maymoniddagi tibbiyot markaziga yetkazilgan. U 18-iyul kuni vafot etgan.Nyu-York politsiyasi departamenti boshlig‘i Jeyms Essigning so‘zlariga ko‘ra, marhum shunchaki noto‘g‘ri vaqtda noto‘g‘ri joyda bo‘lgan. Jinoyatchi Mavlonovni emas, boshqa kishini nishonga olgan bo‘lgan.Otishma uyushtirgan 17 yoshli bola esa voqea joyidan yashiringan. Ayni paytda qidiruv ishlari davom etmoqda.Xabarda yozilishicha, 15 yoshli Faridun Mavlonovning oilasi 12-yil avval AQShga ko‘chib borgan. Mavlonov professional UFC jangchisi bo‘lishni orzu qilgan va Jeyms Medison o‘rta maktabi o‘quvchisi bo‘lgan.O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirib, mamlakatning Nyu-Yorkdagi konsulligi bu borada mahalliy hokimiyat organlari bilan aloqada ekanini ma’lum qilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/0c/22157922_112:0:1889:1333_1920x0_80_0_0_83c9dc5d904aab8e45eece28f34530ea.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aqsh 15 yoshli o‘zbekistonlik otishma
aqsh 15 yoshli o‘zbekistonlik otishma
AQShda 15 yoshli o‘zbekistonlik o‘smir otishmada vafot etdi
14:44 20.07.2023 (yangilandi: 15:24 20.07.2023) Politsiya xabariga ko‘ra, holat o‘smirlar o‘rtasida nizo sababli kelib chiqqan.
TOShKENT, 20-iyul – Sputnik. AQShning Bruklin shahrida 15 yoshli o‘zbekistonlik bola otishmada halok bo‘ldi. Otishma uyushtirgan 17 yoshli o‘smir voqea joyidan yashiringan, deya
xabar bermoqda "New York Times" nashri.
17 iyul kuni soat 13:00 atrofida yetti nafar bola boshqa bir guruh bolalar bilan ro‘baro‘ kelgan. O‘smirlardan biri boshqa bir bola bilan janjallashmoqchi bo‘lgan. Ikki guruh talabalari Franklin Delano Ruzvelt o‘rta maktabida tahsil olgan va bir-birini tanigan.
Politsiya xabariga ko‘ra, ikki guruh a’zolari do‘pposlashib, orani ochiq qilmoqchi bo‘lgan. Ikkinchi guruh vakili, 17 yoshli bola ko‘chaning narigi tomonidan guruh bo‘lib turgan bolalarga qurol chiqarib o‘q uzgan. 15 yoshli Faridun Mavlonovning yelkasiga o‘q tekkan va og‘ir ahvolda Maymoniddagi tibbiyot markaziga yetkazilgan. U 18-iyul kuni vafot etgan.
Nyu-York politsiyasi departamenti boshlig‘i Jeyms Essigning so‘zlariga ko‘ra, marhum shunchaki noto‘g‘ri vaqtda noto‘g‘ri joyda bo‘lgan. Jinoyatchi Mavlonovni emas, boshqa kishini nishonga olgan bo‘lgan.
Otishma uyushtirgan 17 yoshli bola esa voqea joyidan yashiringan. Ayni paytda qidiruv ishlari davom etmoqda.
Xabarda yozilishicha, 15 yoshli Faridun Mavlonovning oilasi 12-yil avval AQShga ko‘chib borgan. Mavlonov professional UFC jangchisi bo‘lishni orzu qilgan va Jeyms Medison o‘rta maktabi o‘quvchisi bo‘lgan.
O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirib, mamlakatning Nyu-Yorkdagi konsulligi bu borada mahalliy hokimiyat organlari bilan aloqada ekanini ma’lum qilgan.