Rossiya yetakchi: O‘zbekistonda qaysi davlat kompaniyalari ko‘paymoqda?

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston va Rossiya bayroqlari, arxiv surat
O‘zbekiston va Rossiya bayroqlari, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.07.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokidagi korxonalar 2 869 taga yetgan.
TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. 2023-yil 1-iyul holatiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 12 742 tani tashkil etgan. Bundan mamlakat Statistika agentligi ma’lumotlari darak bermoqda.
Rossiya O‘zbekistonda korxona ochish bo‘yicha yetakchi: 2 869 ta korxona. Keyingi o‘rinlarda Xitoy (1 860 ta) va Turkiya (1 741 ta).
Qozog‘iston (950 ta) va Janubiy Koreya (695 ta) yetakchi beshtalikdan o‘rin olgan.
Xorijiy kapital ishtirokida eng ko‘p faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning qolgan davlatlar kesimida soni:
- AQSh – 300 ta;
- Qirg‘iziston – 245 ta;
- Tojikiston – 244 ta;
- Ozarbayjon – 204 ta;
- Germaniya – 196 ta;
- Turkmaniston – 138 ta.
O‘zbekiston va Rossiyada ikki mamlakatning bojxona xizmatlari vakolatxonalari ochiladi
Yangiliklar lentasi
0