https://oz.sputniknews.uz/20230713/samarqand-itlar-hujum-bola-36826781.html
Samarqandda itlar hujum qilgan bola plastik operatsiya qilinadi – viloyat SSB
Samarqandda itlar hujum qilgan bola plastik operatsiya qilinadi – viloyat SSB
Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyati Sog‘liqni saqlash boshqamasi ikita it hujumiga uchragan bola holati haqida ma’lumot berdi.
2023-07-13T12:34+0500
2023-07-13T12:34+0500
2023-07-13T14:02+0500
jamiyat
o‘zbekiston
samarqand
bola
it
hujum
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/0d/36832912_0:0:1897:1068_1920x0_80_0_0_d854494dbfb3047052d95f0724b1d811.png
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Samarqandda daydi itlar hujumiga uchragan 10 yoshli bola plastik operatsiya qilinadi. Bu haqda Sputnik muxbiriga viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi (SSB) matbuot kotibi Eldor Muhammadiyev ma’lum qildi.Voqea 8-iyul kuni Samarqand shahridagi Yoshlar mahallasida sodir bo‘lgan edi. Sport to‘garagiga ketayotgan Sayqal mahallasi Dehqon ko‘chasida yashovchi 10 yoshli Navro‘z Mamasaidovga itlar hujum qilgan. Buni ko‘rib qolgan taksi haydovchisi bolani itlar hujumidan qutqarib qolgan.Viloyat SSBning xabar berishicha, hodisadan so‘ng bola darhol Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga ( RShTOIMSF) olib borilgan va unga birinchi yordam ko‘rsatilgan.Samarqand viloyati IIB matbuot kotibining ma’lum qilishicha, hozir bolaga hujum qilgan itlar ushlangan va karantinga joylashtirilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/0d/36832912_457:0:1897:1080_1920x0_80_0_0_32331ce05f4a226dcf5a34b8d9523fbe.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
samarqand itlar hujum taksi haydovchi bola
samarqand itlar hujum taksi haydovchi bola
Samarqandda itlar hujum qilgan bola plastik operatsiya qilinadi – viloyat SSB
12:34 13.07.2023 (yangilandi: 14:02 13.07.2023) Samarqand viloyati Sog‘liqni saqlash boshqamasi ikita it hujumiga uchragan bola holati haqida ma’lumot berdi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Samarqandda daydi itlar hujumiga uchragan 10 yoshli bola plastik operatsiya qilinadi. Bu haqda
Sputnik muxbiriga viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi (SSB) matbuot kotibi Eldor Muhammadiyev ma’lum qildi.
Voqea 8-iyul kuni Samarqand shahridagi Yoshlar mahallasida sodir bo‘lgan edi. Sport to‘garagiga ketayotgan Sayqal mahallasi Dehqon ko‘chasida yashovchi 10 yoshli Navro‘z Mamasaidovga itlar hujum qilgan. Buni ko‘rib qolgan taksi haydovchisi bolani itlar hujumidan qutqarib qolgan.
Viloyat SSBning xabar berishicha, hodisadan so‘ng bola darhol Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga ( RShTOIMSF) olib borilgan va unga birinchi yordam ko‘rsatilgan.
“Shifokorlarning ma’lumotlariga ko‘ra, bola hozir Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2-son klinikasining bolalar xirurgiyasi bo‘limiga yotqizilgan. Bolaning oyoq sohasida plastik operatsiya o‘tkaziladi”, - deydi Muhammadiyev.
Samarqand viloyati IIB matbuot kotibining ma’lum qilishicha, hozir bolaga hujum qilgan itlar ushlangan va karantinga joylashtirilgan.