https://oz.sputniknews.uz/20230707/jizzax-qonunbuzar-daraxt-kesish-jarima-36634990.html
Jizzaxda huquqbuzar uchta daraxtni kesib tashladi — endi u davlatga 25 mln so‘m to‘laydi
Jizzaxda huquqbuzar uchta daraxtni kesib tashladi — endi u davlatga 25 mln so‘m to‘laydi
Sputnik O‘zbekiston
Daraxttlarni kesish ortidan huquqbuzar 1 mln 650 ming so‘m jarimaga tortilgan. U shuningdek, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan 25 mln 740 ming so‘m zararni ham qoplaydi.
2023-07-07T15:50+0500
2023-07-07T15:50+0500
2023-07-07T15:50+0500
jamiyat
o‘zbekiston
jizzax
daraxt kesilishi
jarima
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/07/36631227_0:0:1281:720_1920x0_80_0_0_cfa25324cc9d76c51e814581517c34ce.jpg
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Jizzax viloyatida uchta ignabargli daraxtni kesib tashlagan huquqbuzar o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun davlatga 25 million 740 ming so‘m to‘laydigan bo‘ldi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.Sirdaryo viloyatida yashovchi shaxs tegishli ruxsatnomasiz jami 3 tup ignabargli daraxtlarni kesib tashlagan. Mazkur holat Jizzax viloyati Zafarobod tumanidagi “Yorqin” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida aniqlangan.Daraxttlarni kesish ortidan huquqbuzar 1 million 650 ming so‘m jarimaga tortilgan. U shuningdek, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan 25 million 740 ming so‘m zararni ham qoplaydi.Ma’lumot uchun, huquqbuzar “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunning 4, 37 va 49-moddalarini buzgan. Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan bayonnoma tuzilgan.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan tuman sudida 4 tup qimmatbaho sadaqayrag‘och daraxtini kesgan fuqaro nisbatan hukm chiqardi. Hukmga ko‘ra, fuqaro B.M.ga nisbatan 2-yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tanlangan. Bundan tashqari, u 326 850 000 so‘m zararni qoplashi shart.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/07/36631227_118:0:1078:720_1920x0_80_0_0_307508de5a06c5cf11481d54d120dbcc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston jizzax daraxt jarima huquqbuzar
o‘zbekiston jizzax daraxt jarima huquqbuzar
Jizzaxda huquqbuzar uchta daraxtni kesib tashladi — endi u davlatga 25 mln so‘m to‘laydi
Daraxttlarni kesish ortidan huquqbuzar 1 mln 650 ming so‘m jarimaga tortilgan. U shuningdek, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan 25 mln 740 ming so‘m zararni ham qoplaydi.
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Jizzax viloyatida uchta ignabargli daraxtni kesib tashlagan huquqbuzar o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun davlatga 25 million 740 ming so‘m to‘laydigan bo‘ldi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
xabar berdi. Sirdaryo viloyatida yashovchi shaxs tegishli ruxsatnomasiz jami 3 tup ignabargli daraxtlarni kesib tashlagan. Mazkur holat Jizzax viloyati Zafarobod tumanidagi “Yorqin” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida aniqlangan.
Daraxttlarni kesish ortidan huquqbuzar 1 million 650 ming so‘m jarimaga tortilgan. U shuningdek, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan 25 million 740 ming so‘m zararni ham qoplaydi.
Ma’lumot uchun, huquqbuzar “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunning 4, 37 va 49-moddalarini buzgan. Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan bayonnoma tuzilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan tuman sudida 4 tup qimmatbaho sadaqayrag‘och daraxtini kesgan fuqaro nisbatan hukm chiqardi. Hukmga ko‘ra, fuqaro B.M.ga nisbatan 2-yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tanlangan. Bundan tashqari, u 326 850 000 so‘m zararni
qoplashi shart.