Qo‘qonda “Turkiy tilli yoshlar xalqaro festivali” o‘tkaziladi

Kokand - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2023
Obuna bo‘lish
Unda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Turkiya va Ozarbayjon kabi turkiy tillari davlatlaridan hamda O‘zbekistonning har bir hududidan faol talaba va yoshlar ishtirok etadi.
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Joriy yilning 11-15 iyul kunlari Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida “Turkiy tilli yoshlar xalqaro festivali” bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi xabar berdi.
Festival Madaniyat va turizm vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Xalqaro turk madaniyati tashkiloti (TURKSOY) bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.
Unda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Turkiya va Ozarbayjon kabi turkiy tillari davlatlaridan hamda O‘zbekistonning har bir hududidan faol talaba va yoshlar ishtirok etadi.
Festival doirasida bir qator tanlov, musobaqa, taqdimot, uchrashuv, aksiya, loyiha hamda tadbirlar tashkil etiladi.
Shu bilan bir qatorda, festival doirasida kitobxonlik kuni, milliy va etnosport turlari bo‘yicha sport musobaqalari hamda madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar, yoshlar uchun biznesni tashkil qilish, hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash bo‘yicha davra suhbatlari, yoshlar bilan taniqli teatr va kino ijodkorlarining ijodiy muloqotlari, O‘zbekistondagi elchixona konsullari bilan festival ishtirokchilarining uchrashuvlari tashkil etiladi.
Ma’lumot uchun, “Turkiy tilli yoshlar xalqaro festivali” 2023-yildan boshlab, har ikki yilda bir marotaba iyul oyida o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0