O‘zbekiston yoshlari kuni Xitoyda keng nishonlandi

© "Dunyo" IADen molodeji Uzbekistana otmetili v Kitae
Den molodeji Uzbekistana otmetili v Kitae - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2023
Obuna bo‘lish
Tadbir davomida O‘zbekiston prezidentining yoshlarga yo‘llagan bayram tabrigining mazmun-mohiyati haqida so‘zlab berildi.
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi tomonidan 30-iyun – O‘zbekiston yoshlari kuni munosabati bilan “Olg‘a, O‘zbekiston!” shiori ostida futbol turniri tashkil etildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Musobaqa avvalida ishtirokchilar O‘zbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati bilan tanishdi. Shuningdek, joriy yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi jarayonlari haqida so‘zlab berildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Pekin Xalqaro biznes va iqtisodiyot universitetida O‘zbekiston yoshlari kuniga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Uchrashuvda mazkur universitetda tahsil olayotgan o‘zbekistonliklar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida O‘zbekiston prezidentining yoshlarga yo‘llagan bayram tabrigining mazmun-mohiyati haqida so‘zlab berildi.
Uchrashuvda so‘zga chiqqan o‘zbekistonlik talabalar 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan muddatidan ilgari prezident saylovida faol ishtirok etishlarini bildirishdi.
Yangiliklar lentasi
0