https://oz.sputniknews.uz/20230702/ayollar-50-yosh-tibbiy-tekshiruvlar-36475046.html
Ayollar 50 yoshdan keyin qanday tibbiy tekshiruvlardan o‘tib turishi kerak?
Ayollar 50 yoshdan keyin qanday tibbiy tekshiruvlardan o‘tib turishi kerak?
Sputnik O‘zbekiston
Ko‘riklar ko‘plab xavfli kasalliklarni aniqlash va ular rivojlanishining oldini olishga yordam beradi.
2023-07-02T13:47+0500
2023-07-02T13:47+0500
2023-07-02T13:47+0500
bu qiziq
salomatlik
ayollar
tibbiy ko‘rik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/07/35790097_0:143:3132:1905_1920x0_80_0_0_c17a9f2d924cba5078e06540746baa76.jpg
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Yosh o‘tishi bilan immunitet pasayib, surunkali kasalliklar asoratlari va yangi xastaliklar paydo bo‘lish ehtimoli ortadi. Shuning uchun 50 yoshdan keyin shifokorlar barcha ayollarga rejali ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishni tavsiya qiladi.Bunday ko‘riklar ko‘plab xavfli kasalliklarni aniqlash va ular rivojlanishining oldini olishga yordam beradi, deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabarida.Ko‘krak bezi saratoni skriningi. Ko‘krak bezi saratonini vaqtida aniqlash orqali bemor hayotini saqlab qolish mumkin. Shuning uchun shifokorlar 50 yoshdan oshgan ayollarga har yili mammografiyadan o‘tishni tavsiya qiladi.Bachadon bo‘yni saratoni skriningi. Ba’zi ayollar ushbu muhim tekshiruvni e’tiborsiz qoldiradi. Vaholanki, bachadon bo‘yni saratoni o‘lim darajasi yuqori bo‘lgan eng xavfli kasalliklardan biridir. Qayg‘uli oqibatlar ko‘pincha bemorlar o‘z vaqtida ko‘rikdan o‘tmaganligi sababli yuzaga keladi. Kolposkopiya bachadon bo‘yni o‘smalarini tashxislash uchun qo‘llaniladi.To‘liq gormonal tekshiruv. Estrogen va testosteron yillar davomida darajalari o‘zgarib turadigan organizmdagi asosiy gormonlardir. Biroq boshqa gormonlarni ham muntazam tekshirib turgan yaxshi. Chunki ularning muvozanati metabolizm, miya, ishtaha, tana harorati va hokazolarga ta’sir qilishi mumkin.Osteoporoz diagnostikasi. Yillar davomida suyaklardagi kalsiy darajasi keskin pasaya boshlaydi va bu ko‘pincha xavfli tizimli kasallik — osteoporozga olib keladi. Xastalikni erta bosqichda aniqlash imkonini beruvchi eng samarali tekshiruv suyak densitometriyasidir (suyak zichligini o‘lchash). 50 yoshdan keyin har yili ushbu tekshiruvdan o‘tib turish foydali.Qon bosimini o‘lchash. Menopauza va u bilan bog‘liq o‘zgarishlar tufayli ayollarda gipertoniya rivojlanishi juda keng tarqalgan. Agar u nazorat ostida bo‘lmasa, xavfli yurak-qon tomir patologiyalari vujudga kelishi mumkin.Qonda shakar va xolesterin miqdorini aniqlash. Qonda glyukoza darajasini tekshirish ikkinchi toifa diabetni aniqlashga yordam beradi. Bu ko‘pincha 40-50 yoshdan keyin tashxis qilinadi. Yomon xolesterin (LDL) uchun o‘z vaqtida va muntazam ravishda qon tahlilini topshirish infarkt va insultning sababi bo‘lgan ateroskleroz (tomirlarning devorlarida blyashka shakllanishi) rivojlanishining oldini oladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/07/35790097_201:0:2932:2048_1920x0_80_0_0_b300f6a1c55a30e81f02eb3e3335fa7e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ayollar tibbiy tekshiruvlar
ayollar tibbiy tekshiruvlar
Ayollar 50 yoshdan keyin qanday tibbiy tekshiruvlardan o‘tib turishi kerak?
Ko‘riklar ko‘plab xavfli kasalliklarni aniqlash va ular rivojlanishining oldini olishga yordam beradi.
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Yosh o‘tishi bilan immunitet pasayib, surunkali kasalliklar asoratlari va yangi xastaliklar paydo bo‘lish ehtimoli ortadi. Shuning uchun 50 yoshdan keyin shifokorlar barcha ayollarga rejali ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishni tavsiya qiladi.
Bunday ko‘riklar ko‘plab xavfli kasalliklarni aniqlash va ular rivojlanishining oldini olishga yordam beradi,
deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Ko‘krak bezi saratoni skriningi. Ko‘krak bezi saratonini vaqtida aniqlash orqali bemor hayotini saqlab qolish mumkin. Shuning uchun shifokorlar 50 yoshdan oshgan ayollarga har yili mammografiyadan o‘tishni tavsiya qiladi.
Bachadon bo‘yni saratoni skriningi. Ba’zi ayollar ushbu muhim tekshiruvni e’tiborsiz qoldiradi. Vaholanki, bachadon bo‘yni saratoni o‘lim darajasi yuqori bo‘lgan eng xavfli kasalliklardan biridir. Qayg‘uli oqibatlar ko‘pincha bemorlar o‘z vaqtida ko‘rikdan o‘tmaganligi sababli yuzaga keladi. Kolposkopiya bachadon bo‘yni o‘smalarini tashxislash uchun qo‘llaniladi.
To‘liq gormonal tekshiruv. Estrogen va testosteron yillar davomida darajalari o‘zgarib turadigan organizmdagi asosiy gormonlardir. Biroq boshqa gormonlarni ham muntazam tekshirib turgan yaxshi. Chunki ularning muvozanati metabolizm, miya, ishtaha, tana harorati va hokazolarga ta’sir qilishi mumkin.
Osteoporoz diagnostikasi. Yillar davomida suyaklardagi kalsiy darajasi keskin pasaya boshlaydi va bu ko‘pincha xavfli tizimli kasallik — osteoporozga olib keladi. Xastalikni erta bosqichda aniqlash imkonini beruvchi eng samarali tekshiruv suyak densitometriyasidir (suyak zichligini o‘lchash). 50 yoshdan keyin har yili ushbu tekshiruvdan o‘tib turish foydali.
Qon bosimini o‘lchash. Menopauza va u bilan bog‘liq o‘zgarishlar tufayli ayollarda gipertoniya rivojlanishi juda keng tarqalgan. Agar u nazorat ostida bo‘lmasa, xavfli yurak-qon tomir patologiyalari vujudga kelishi mumkin.
Qonda shakar va xolesterin miqdorini aniqlash. Qonda glyukoza darajasini tekshirish ikkinchi toifa diabetni aniqlashga yordam beradi. Bu ko‘pincha 40-50 yoshdan keyin tashxis qilinadi. Yomon xolesterin (LDL) uchun o‘z vaqtida va muntazam ravishda qon tahlilini topshirish infarkt va insultning sababi bo‘lgan ateroskleroz (tomirlarning devorlarida blyashka shakllanishi) rivojlanishining oldini oladi.