https://oz.sputniknews.uz/20230624/toshkent-botanika-bogi-yosh-olimlar-ekologik-innovatsion-loyihalar-36263760.html
Toshkent botanika bog‘ida yosh olimlarning ekologik innovatsion loyihalari taqdim etiladi
Toshkent botanika bog‘ida yosh olimlarning ekologik innovatsion loyihalari taqdim etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Tadbirda qog‘ozni qayta ishlash, ikkilamchi materiallardan to‘qish, akril kraskalarda shopper ustida rasm chizish kabi mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
2023-06-24T07:29+0500
2023-06-24T07:29+0500
2023-06-24T07:29+0500
jamiyat
o‘zbekiston
toshkent
yoshlar
olimlar
loyiha
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
davlat ekologiya qo‘mitasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/18/36263832_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_8b0a9fa9169268443f5d3bb41964eefe.jpg
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Bugun Toshkent botanika bog‘ida yosh olimlarning ekologik innovatsion loyihalar ko‘rgazmasi taqdim etiladi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Bugun Toshkent botanika bog‘ida yosh olimlarning ekologik innovatsion loyihalar ko‘rgazmasi taqdim etiladi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.Toshkent botanika bog‘ida "Yoshlar kuni" munosabati bilan “Tabiat bilan uyg‘unlikda” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tadi.Tadbir davomida Muhammad al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabining “EcoUnion” jamoasi vakillari tomonidan qog‘ozni qayta ishlash, ikkilamchi materiallardan to‘qish, akril kraskalarda shopper ustida rasm chizish kabi mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.Shuningdek, tadbirda yosh olimlar tomonidan ishlab chiqilgan ekologik innovatsion loyihalar ko‘rgazmasi taqdim etiladi.Qolaversa, ekoblogerlar, ekofaollar, yoshlar vakillari ishtirokida master-klasslar, yoshlarda hayvonlarga mehr uyg‘otishga qaratilgan chiqishlar hamda atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishida samarali faoliyat olib borayotgan yoshlarni taqdirlash rejalashtirilgan.Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilari o‘rtasida ekologiyaga oid savol-javoblar viktorinasi ham o‘tkaziladi va g‘oliblar taqdirlanadi.Tadbirni o‘tkazishdan maqsad yoshlarda tabiatga mehr uyg‘otish, ularda ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda intellektual, ijodiy salohiyatini kamol toptirishdir.Dastur soat 10:00da boshlanadi. Tadbirning asosiy qismi va ko‘rgazma esa soat 16:00da boshlanadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/18/36263832_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_99b393605e7a672814c73d10f5b911aa.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent toshkent botanika bog‘i yosh olimlar innovatsion loyihalar ekologiya
toshkent toshkent botanika bog‘i yosh olimlar innovatsion loyihalar ekologiya
Toshkent botanika bog‘ida yosh olimlarning ekologik innovatsion loyihalari taqdim etiladi
Tadbirda qog‘ozni qayta ishlash, ikkilamchi materiallardan to‘qish, akril kraskalarda shopper ustida rasm chizish kabi mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Bugun Toshkent botanika bog‘ida yosh olimlarning ekologik innovatsion loyihalar ko‘rgazmasi taqdim etiladi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
xabar berdi. TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Bugun Toshkent botanika bog‘ida yosh olimlarning ekologik innovatsion loyihalar ko‘rgazmasi taqdim etiladi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.
Toshkent botanika bog‘ida "Yoshlar kuni" munosabati bilan “Tabiat bilan uyg‘unlikda” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tadi.
Tadbir davomida Muhammad al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabining “EcoUnion” jamoasi vakillari tomonidan qog‘ozni qayta ishlash, ikkilamchi materiallardan to‘qish, akril kraskalarda shopper ustida rasm chizish kabi mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Shuningdek, tadbirda yosh olimlar tomonidan ishlab chiqilgan ekologik innovatsion loyihalar ko‘rgazmasi taqdim etiladi.
Qolaversa, ekoblogerlar, ekofaollar, yoshlar vakillari ishtirokida master-klasslar, yoshlarda hayvonlarga mehr uyg‘otishga qaratilgan chiqishlar hamda atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishida samarali faoliyat olib borayotgan yoshlarni taqdirlash rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilari o‘rtasida ekologiyaga oid savol-javoblar viktorinasi ham o‘tkaziladi va g‘oliblar taqdirlanadi.
Tadbirni o‘tkazishdan maqsad yoshlarda tabiatga mehr uyg‘otish, ularda ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda intellektual, ijodiy salohiyatini kamol toptirishdir.
Dastur soat 10:00da boshlanadi. Tadbirning asosiy qismi va ko‘rgazma esa soat 16:00da boshlanadi.