https://oz.sputniknews.uz/20230624/saylov-uchastkasini-almashtirish-qollanma-36265047.html
Saylov uchastkasini qanday almashtirish mumkin — qo‘llanma
Saylov uchastkasini qanday almashtirish mumkin — qo‘llanma
Sputnik O‘zbekiston
Saylov uchastkasini almashtirish xizmati yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ishga tushdi.
2023-06-24T10:42+0500
2023-06-24T10:42+0500
2023-06-24T10:42+0500
o‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
jamiyat
o‘zbekiston
o‘zbekistonda prezident saylovi
saylov uchastkasi
saylovlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/i/logo/logo-social.png
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Ovoz berish jarayonida ishtirok etuvchi fuqarolar uchun saylov uchastkasini almashtirishga so‘rov yuborish imkoniyati yaratildi. Fuqaroning Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatidagi (SAER) saylov uchastkasi haqidagi ma’lumotlar bilan uning doimiy yoki vaqtincha yashash joyi manzili o‘zaro nomuvofiq bo‘lgan taqdirda saylov uchastkasini o‘zgartirish mumkin.Kimlar prezident saylovi kuni uchastkaga bormay ovoz berishi mumkin?Bunday imkoniyat yagona interaktiv davlat xizmatlari "my.gov.uz" portalida yaratildi. Ushbu xizmatdan foydalanish uchun yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishi kerak.Demak, saylovchi portalning yuqori o‘ng burchagidagi qidiruv funksiyasidan “Saylov uchastkasini almashtirish” xizmati izlashi kerak bo‘ladi.Ariza 1 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va kiritilgan ma’lumotlar fuqaroning shaxsiy ma’lumotlariga muvofiq bo‘lsa saylov uchastkasi operatorlar tomonidan almashtiriladi.Fuqaroning my.gov.uz portalidagi akkauntiga saylov uchastkasi o‘zgartirilganligi to‘g‘risidagi xabar yuboriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20230620/saylov-uchastkasini-aniqlash-36100420.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
prezident saylovi saylov uchastkasi saylov uchastkasini almashtirish
prezident saylovi saylov uchastkasi saylov uchastkasini almashtirish
Saylov uchastkasini qanday almashtirish mumkin — qo‘llanma
Saylov uchastkasini almashtirish xizmati yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ishga tushirildi.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Ovoz berish jarayonida ishtirok etuvchi fuqarolar uchun saylov uchastkasini almashtirishga so‘rov yuborish imkoniyati yaratildi.
Fuqaroning Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatidagi (SAER) saylov uchastkasi haqidagi ma’lumotlar bilan uning doimiy yoki vaqtincha yashash joyi manzili o‘zaro nomuvofiq bo‘lgan taqdirda saylov uchastkasini o‘zgartirish mumkin.
Bunday imkoniyat yagona interaktiv davlat xizmatlari "my.gov.uz" portalida yaratildi. Ushbu xizmatdan foydalanish uchun yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishi kerak.
Demak, saylovchi portalning yuqori o‘ng burchagidagi qidiruv funksiyasidan “Saylov uchastkasini almashtirish” xizmati izlashi kerak bo‘ladi.
Xizmatdan foydalanish davomida shaxsiy ma’lumotlar, saylovda qatnashadigan saylov uchastkasining manzili va raqami kiritiladi.
Shundan so‘ng, saylov uchastkasini o‘zgartirish sababi haqida qisqacha ma’lumot yozib qoldirish kerak bo‘ladi.
Ariza 1 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va kiritilgan ma’lumotlar fuqaroning shaxsiy ma’lumotlariga muvofiq bo‘lsa saylov uchastkasi operatorlar tomonidan almashtiriladi.
Fuqaroning my.gov.uz portalidagi akkauntiga saylov uchastkasi o‘zgartirilganligi to‘g‘risidagi xabar yuboriladi.