https://oz.sputniknews.uz/20230621/misr-ozbekiston-gepatit-s-dori-36133420.html
Misrdan O‘zbekistonga gepatit S ga qarshi dorining navbatdagi partiyasi yetkazildi
Misrdan O‘zbekistonga gepatit S ga qarshi dorining navbatdagi partiyasi yetkazildi
Sputnik O‘zbekiston
Umumiy hajmi 12 mingdan ortiq "Daklatasvir" dori vositalari Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.
2023-06-21T08:28+0500
2023-06-21T08:28+0500
2023-06-21T08:28+0500
jamiyat
o‘zbekiston
misr
dori
gepatit
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/15/36133064_0:25:624:376_1920x0_80_0_0_70fe2810d52ef64e4af821a69e3a8710.jpg
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Misrdan O‘zbekistonga gepatit S ga qarshi dorining navbatdagi partiyasi yetkazildi, deb yozmoqda “Dunyo” AA."Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan mamlakatga insonparvarlik yordam sifatida ajratilgan "S" gepatitiga qarshi "Daklatasvir" dori vositasining navbatdagi qismini Sharm ash-Shayxdan Toshkentga bepul yetkazib berdi.Umumiy hajmi 12 mingdan ortiq "Daklatasvir" dori vositalari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.Mutaxassislar fikricha, Misr hukumati mazkur yutuqlarga erishish uchun "100 million sog‘lom hayot" milliy dasturni ishlab chiqib, uni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Bunda asosiy e’tibor dunyoning mashhur farmatsevtika kompaniyalari bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va kengaytirishga qaratilmoqda.Ma’lumot uchun, yuqumli kasallikni yo‘q qilish bo‘yicha milliy tashabbus tufayli Misr 2020-yilda gepatit C dan holi bo‘lgan birinchi davlatga aylangan.2021 yilda O‘zbekistonda virusli gepatit S (VGS)ni bartaraf etish bo‘yicha milliy dastur ishga tushirildi. Dastur maqsadi – 2030-yilgacha mamlakatda gepatit S bilan kasallanish holatlarini yo‘q qilish. O‘zbekistonga bu borada Misr virusga qarshi dori vositalari yetkazib berish orqali yordam bermoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20230614/gepatit-c-muloyim-qotil-isakov-35966343.html
o‘zbekiston
misr
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/15/36133064_6:0:619:460_1920x0_80_0_0_84f7e23da991b9babb4af90767a47b34.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
misr o‘zbekiston dori gepatit s daklatasvir virusologiya ilmiy-tekshirish instituti
misr o‘zbekiston dori gepatit s daklatasvir virusologiya ilmiy-tekshirish instituti
Misrdan O‘zbekistonga gepatit S ga qarshi dorining navbatdagi partiyasi yetkazildi
Umumiy hajmi 12 mingdan ortiq "Daklatasvir" dori vositalari Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Misrdan O‘zbekistonga gepatit S ga qarshi dorining navbatdagi partiyasi yetkazildi, deb yozmoqda
“Dunyo” AA. "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan mamlakatga insonparvarlik yordam sifatida ajratilgan "S" gepatitiga qarshi "Daklatasvir" dori vositasining navbatdagi qismini Sharm ash-Shayxdan Toshkentga bepul yetkazib berdi.
Umumiy hajmi 12 mingdan ortiq "Daklatasvir" dori vositalari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.
Mutaxassislar fikricha, Misr hukumati mazkur yutuqlarga erishish uchun "100 million sog‘lom hayot" milliy dasturni ishlab chiqib, uni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Bunda asosiy e’tibor dunyoning mashhur farmatsevtika kompaniyalari bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va kengaytirishga qaratilmoqda.
Ma’lumot uchun, yuqumli kasallikni yo‘q qilish bo‘yicha milliy tashabbus tufayli Misr 2020-yilda gepatit C dan holi bo‘lgan birinchi davlatga aylangan.
2021 yilda O‘zbekistonda virusli gepatit S (VGS)ni bartaraf etish bo‘yicha milliy dastur ishga tushirildi. Dastur maqsadi – 2030-yilgacha mamlakatda gepatit S bilan kasallanish holatlarini yo‘q qilish. O‘zbekistonga bu borada Misr virusga qarshi dori vositalari yetkazib berish orqali
yordam bermoqda.