Vibori prezidenta Uzbekistana — 2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Saylov uchastkasini qanday aniqlash mumkin — qo‘llanma

© Depositphotos.com / DimaberkutRuki nad klaviaturoy
Ruki nad klaviaturoy  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.06.2023
Obuna bo‘lish
Saylov uchastkasini aniqlash imkoniyati Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida yaratilgan.
TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda muddatidan ilgari bo‘lib o‘tadigan prezident saylovi bo‘yicha saylov uchastkasini aniqlash bir nechta tartibda amalga oshiriladi.
Saylov uchastkasini aniqlash imkoniyati Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida yaratilgan. Buning uchun saytdagi "Xizmatlar" sahifasini tanlash kerak bo‘ladi.
© Sentralnaya izbiratelnaya komissiya Saylov uchastkasini aniqlash
Saylov uchastkasini aniqlash  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.06.2023
Saylov uchastkasini aniqlash
Saylov uchastkasini aniqlash ketma-ketligi:
sahifadagi "Ovoz beruvchilarning elektron ro‘yxatida bormisiz?" bo‘limiga kiring;
pasport yoki ID-kartangiz seriya va raqamini kiriting;
tug‘ilgan kun ma’lumotlaringizni kiriting;
matematik amalni bajaring;
so‘ngra "izlash" tugmasini bosing.
Shundan keyin yangi oynada saylov uchastkasining raqami, manzili, uchastka komissiyasining telefon raqami hamda xaritada joylashuvi paydo bo‘ladi.
© Sentralnaya izbiratelnaya komissiya Saylov uchastkasini aniqlash
Saylov uchastkasini aniqlash  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.06.2023
Saylov uchastkasini aniqlash
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda prezident saylovi 9-iyul kuniga belgilangan. O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari 28-iyun-5 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.
Tashqi ishlar vazirligining MSKga kelib tushgan taqdimnomasiga asosan 39 ta O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkasi tuziladi.
Prezidentlikka Ekopartiyadan Abdushukur Hamzayev, Xalq-demokratik partiyasidan Ulug‘bek Inoyatov, "Adolat" sotsial-demorkatik partiyasidan Robaxon Mahmudova, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan (O‘zLiDeP) amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev nomzodi ilgari surilgan. Nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 7-iyundan boshlangan.
Yangiliklar lentasi
0