Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Tungi hujum: Ukraina katta yo‘qotishlar bilan chekindi — video

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishArtyomovsk yo‘nalishidagi to‘qnashuv chizig‘i yaqinidagi qishloq.
Artyomovsk yo‘nalishidagi to‘qnashuv chizig‘i yaqinidagi qishloq. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2023
Obuna bo‘lish
O‘tgan tunda amalga oshirilgan hujum natijasida Ukraina Qurolli kuchlari 350nafar harbiy, 30ta tank jumladan 3ta "Leopard" va 11ta BMP yo‘qotdi.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. O‘tgan tunda Ukraina Qurolli kuchlari navbatdagi hujumni amalga oshirishga urindi, lekin katta yo‘qotishlar bilan chekinishga majbur bo‘ldi.
Bu haqda Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri armiya generali Sergey Shoygu bayonot berdi:
Zaporojye yo‘nalishida bugun soat 1:30 da dushman 1500 shaxsiy tarkib va 150 zirhli texnikadan iborat 47-mexanizatsiyalashgan brigada qo‘shinlari bilan mudofaamizni yorib o‘tishga urindi.
Dushman harakatlari razvedka kuchlari tomonidan o‘z vaqtida aniqlanib, ularga artilleriya, aviatsiya va tankga qarshi qurollardan zarba berildi.
Ikki soat davom etgan jang natijasida dushman 30 ta tank, 11 ta piyoda jangovar texnikasi, 350 tagacha askar yo‘qotdi. Yo‘q qilingan tanklar orasida Germaniyaning 3 ta "Leopard"lari ham bor.
Dshmanning ushbu hujum uchun maxsus tayyorlangan zaxira kuchlari o‘z vazifalarini bajara olmadi, va ular chekinishga majbur bo‘lishdi.
Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlarining Zaporojye yo‘nalishdagi qo‘mondoni, general-polkovnik Aleksandr Romanchuk aytishiga ko‘ra, dushmaning ilk yo‘qotishlari mina maydonlarida sodir bo‘lgan.
"Dushman minalangan maydonlarni kesib o‘tishga urinayotganda birinchi jiddiy yo‘qotishlarga uchradi. Dushmanning to‘rtta tanki mina maydonlarida portlatilgan, bitta minalardan tozalash mashinasi ham yo‘q qilindi. Yo‘qotishlarga uchragan dushman yana hujumni to‘xtatdi va qolgan kuchlari bilan orqaga chekindi", - dedi harbiy.
Eslatib o‘tamiz, kecha 7-iyun kuni sodir bo‘lgan jangovar harakatlarda Ukraina Qruolli kuchlari 945 nafar askar, 33 ta tank, 28 ta BMP, 38 ta zirhli jangovar mashina, 3 ta Polshada ishlab chiqilgan "Krab" o‘ziyurar artilleriya majmuasi va boshqa qurol-yarog‘larini yo‘qotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0